Abdalov Umidbek Matniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbeklarning an’anaviy turmush tarzida zardushtiylik izlari (Xorazm vohasi materiallari asosida)”, 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.RhD/Tar60.
Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq Davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponent: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Bo‘riev Ochil Bo‘rievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm vohasi o‘zbeklarining an’anaviy turmush tarzidagi zardushtiylik izlarini tarixiy-etnografik materiallar asosida tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zardushtiylik diniga oid tadqiqotlar nazariy-uslubiy jihatdan fanlararo ëndashuv (tarix, arxeologiya, etnologiya va falsafa) asosida ushbu diniy e’tiqod tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasi bilan bog‘liq yangi materiallar aniqlangan;
Xorazm vohasi aholisi an’anaviy dunëqarashi, marosimiy turmush tarzini zardushtiylik kul`tlari bilan komparativ (qiyosiy) tahlil qilish asosida vohada qadimiy e’tiqodiy qarashlarning genetik vorisiyligi hamda mahalliy aholi turmush tarzida marosimiy dunyoqarash simbiozi sifatida namoën bo‘lishi ko‘rsatib berilgan;
Xorazm vohasi aholisi an’anaviy xo‘jalik mashg‘uloti (dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik) va moddiy madaniyati (kiyimlari, taomlari va turar joylari)dagi zardushtiylik an’analari izlarini etnografik aspektda o‘rganish asnosida vohada keng tarqalgan “haqullo”, “yangolik”, “chilla go‘ynak”, “xalisa”, “sochuv”, “tirnoq to‘y”, “qo‘qin oshi” kabi mahalliy urf-odatlarning tarixiy asoslari ochib berilgan;
o‘zbeklarning ekologik madaniyati zardushtiylikning ekologik konsepsiyasi (suv, olov, er va havoning musaffoligi) bilan bog‘liq bo‘lib, voha aholisi an’anaviy turmush tarzida marosimlar (oilaviy va taqvimiy)da islomiy qarashlar bilan sinkretlashgan holda saqlanib qolganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbeklarning an’anaviy turmush tarzida zardushtiylik izlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010–2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan nomoddiy madaniy merosga doir ustuvor vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, tegishli hujjatlarni yig‘ish Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqotchi tomonidan to‘plangan ma’lumotlar “Avesta” muzeyiga tashrif buyurayotgan ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlarga Vatan tarixini bilish, o‘zlikni anglash va bobolar merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2020 yil 20 fevraldagi 01-25-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar madaniy merosni saqlash, aholi o‘rtasida nomoddiy va moddiy madaniyatga bo‘lgan munosabatni yanada yuksaltirish, ularni kelajak avlodga etkazish va milliy merosni keng miqyosda targ‘ib qilishda muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qilgan;
Xorazm vohasi o‘zbeklari turmush tarzida saqlanib qolgan zardushtiylik an’analari bilan bog‘liq urf-odat va marosimlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi – Xorazm Ma’mun akademiyasida 2012–2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-16549-raqamli “Xorazm tarixi (I jild. Eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II jild. V asrdan XVI asrgacha)” mavzusidagi fundamental loyihada yozma manbalardagi zardushtiylikka oid ma’lumotlar, xorijiy, sovet davri va mahalliy tadqiqotchilar asarlaridagi ushbu din bilan bog‘liq an’analar haqidagi ma’lumotlarni qiyosiy o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 3/1255-1980-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Xorazm vohasi o‘zbeklari turmush tarzida zardushtiylik izlari bilan bog‘liq an’ana va marosimlarni yoritishda ilmiy asos vazifasini bajargan;
tadqiqotda o‘zbeklarning an’anaviy turmush tarzida saqlanib qolgan zardushtiylik izlari Xorazm vohasi materiallari asosida ko‘rib chiqilgan, hozirgacha Xorazm vohasi hududlarida saqlanib qolgan zardushtiylik an’analari bilan bog‘liq urf-odat va marosimlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan, mazkur masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalar asosida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan dasturlar ssenariysini (2020 yil iyun`-iyul` oylarida) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali DUKning 2020 yil 27 avgustdagi 04-25-797-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyaning asosiy natijalari O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, Xorazm moddiy-ma’naviy madaniyati namunalarini keng jamoatchilikka etkazishda muhim ahamiyatga ega.