Mirazov Davron Miragzamovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dastlabki tergov idoralari faoliyati ustidan kontrol` va nazoratni takomillashtirishning nazariy, tashkiliy va protsessual jihatlari», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /yuridik fanlar nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Yu16.
Ilmiy maslahatchi: Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, 14.07.2016.Yu.26.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; Raximov Yo‘ldosh, yuridik fanlar doktori, professor; Ne’matov Jasur Aminjanovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan kontrol` va nazoratning nazariy, tashkiliy va protsessual jihatlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat-protsessual huquqi nazariyasidagi funksiyalar (odil sudlov, ayblov, himoya, jinoyatlarning oldini olish, tergov qilish, qonuniylikni ta’minlash, huquqni tiklash) orasida protsessual kontrol` funksiyasi mavjudligi alohida ajratilib asoslangan;
jinoyat ishlari bo‘yicha ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish protsessual majburlov choralarini qo‘llashda sud kontrolini amalga oshirish tartibi asoslangan;
jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazilishi va tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanilishda idoraviy-protsessual kontrol` va prokuror nazoratini amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan;
dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan kontrol` va nazoratni isloh qilishga ehtiyoj mavjudligi asoslangan;
JPKga dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan kontrol` va nazoratni amalga oshirishni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan;
«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga dastlabki tergov organlari faoliyati ustidan nazoratning predmetini aniqlashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan;
ichki ishlar organlarining tergov apparatlari faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy-normativ hujjatlarini takomillashtirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
JPKning «Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish» (255–259-m.) va «Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish» (265–269-m.) protsessual majburlov choralarini qo‘llashni tartibga soluvchi normalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining 2015 yil 7 iyuldagi 02/757-son dalolatnomasi). Bu jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirishda shaxsning erkin mehnat qilish va shaxsiy daxlsizlik huquqlarining asossiz va noqonuniy tarzda cheklanishini oldini olishga va shaxs erkinliklarining kafolatlanishiga xizmat qiladi;
«Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning «Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish shartlari» (16-m.) va «Tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish» (19-m.) normalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015 yil 7 iyuldagi 02/1-807-son dalolatnomasi). Bu jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda qonuniylikni ta’minlashga, jinoyat ishlari bo‘yicha dalillar maqbulligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga imkon beradi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov bosh boshqarmasi tomonidan idoraviy-normativ hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov bosh boshqarmasining 2015 yil 13 iyundagi 18/6935-son dalolatnomasi). Bu yuqori turuvchi tergov idoralari tomonidan quyi bo‘linmalarning faoliyati ustidan sohaviy va mintaqaviy idoraviy-protsessual kontrolning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
Davlat ta’lim standartlarini tayyorlashda inobatga olingan va IIV Akademiyasining o‘quv rejasiga «Ichki ishlar organlarida surishtiruv» fani kiritilgan (2015 yil 12 maydagi 38/35-139-son dalolatnomasi). Bu ichki ishlar organlari uchun mutaxassis kadrlarni takomillashtirishga va huquqshunoslik bo‘yicha ta’limni rivojlantirishga xizmat qiladi;
yangi Davlat ta’lim standartlari asosida «Jinoyat protsessi» fani bo‘yicha darslikning VI, XII, XIV, XXV, XXXII boblari, «Dastlabki tergov» fani bo‘yicha darslikning V, VI, IX, X, XI, XII, XIII, XIV, XV, XVI, XVII, XVIII, XIX, XX, XXI, XXIV, XXXI, XXXII, XXXIII boblari tayyorlangan va IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim, oliy akademik kurslar, malaka oshirish fakul`teti, serjantlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha oliy kurslarda dars o‘tishda foydalanilgan (2015 yil 12 maydagi 38/35-138, 38/35-140, 38/35-141, 38/35-142-son dalolatnomalar). Bularning barchasi tinglovchi va kursantlarning tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini amalga oshirishga oid bilim, o‘quv va ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi.