Qurbonov Abdulla Kenjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Impul`sli-davriyli lazer nuri ta’sirida mikro va nano o‘lchamli kukunlarda ikkilamchi nurlanish”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FM246.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti,DSc.02/30.12.2019.FM.65.01.
Rasmiy opponentlar: Nematov Sherzod Qalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori;Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi impul`sli-davriyli lazer nuri ta’sirida noorganik birikmalar (olmos, rux seleni, rux oksidi,ittriy oksidi) va aromatik birikmalar hamda biofaol preparatlar (aspirin, anal`gin, sitramon, paratsetamol, 1,4-Di-2-(5-feniloksazol) benzol – ROROR, 2,5-Difeniloksazol –RRO, soya uni, tӯyingan yog‘li CnH2nO2 kislotalar)ning mikro va nanokukunlarida yuzaga keladigan ikkilamchi nurlanish spektrlarining shakllanish qonuniyatlarini  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi turdagi minirezonatorli kyuvetalar (fotonli tuzoqlar), nurtolali-optik texnika va impul`sli-davriyli lazerlar asosida  yarimӯtkazgichlar va dielektriklarning mikrokukun va nanokukunlarida ikkilamchi nurlanish spektrlarini qayd etuvchi usul ishlab chiqilgan;
ilk bor fotonli tuzoqlarda olmos, ROROR, RRO mikrokukunlarida «kombinatsion opalessensiya» effektining yuzaga kelish sharoitlari aniqlangan;
ilk bor olmos mikrokristallarining FL spektrlarining tuzilishi ularning o‘lchamlariga bog‘liq emasligi aniqlangan;
aromatik moddalarning mikrokukunlarida spektrning UB sohasida birinchi uyg‘otilgan elektron singlet termiga tӯg‘ri keluvchi sathda superlyuminessensiya effekti kuzatilgan;
tӯyingan yog‘li CnH2nO2 kislotlarning suyuq kӯrinishli namunalarida yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrlarida bӯylama akustik tebranishlar (LAM) tufayli vujudga keladigan intensiv va etarlicha tor polosalar kuzatilgan hamda ushbu moddalar chastotalari molekula uzunligiga bog‘liq ravishda monoton tarzda ӯzgarishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
impul`sli-davriyli lazer nuri ta’sirida noorganik birikmalar va aromatik birikmalar hamda biofaol preparatlarning mikro va nanokukunlarida yuzaga keladigan ikkilamchi nurlanish spektrlarining shakllanish qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kichik ӯlchamli portativ spektrometr yaratilgan bo‘lib, unga Ӯzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Kӯp kanalli spektrometr”, №FAP 01158 - 2016 y.). Natijada, yaratilgan spektrometr avtomatik rejimida ishlab, fon porlashi ta’sirini kamaytirish, o‘lchash aniqligini oshirish va kukunsimon namunalarning sust YoKS spektrlarini ~ 10-10 g qadar qayd etish imkonini bergan;
ZnO mikro va nanokukunlarini bir va ikki fotonli uyg‘otilgan FL spektrlari qonuniyatlarini o‘rganishdan olingan ilmiy natijalar F2-FA-F147–sonli  «Fotosintezning birlamchi jarayonlarida quyosh energiyasini yuqori samarali o‘zlashtirilishiningfizikaviy mexanizmlarini o‘rganish» fundamental loyihasida rux oksidi (ZnO) mikro va nano o‘lchamli kunlarining ikkilamchi nurlanish fotolyuminessensiya spektrlarini qayd qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 18 iyuldagi 2/1255-1992-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ZnO kristallining nuqsonlari va absorbsion-fluoressent spektroskopik xossalarining muhim parametrlarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish