Ettibaeva Lolaxon Abdumalikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mentol hosilalari sintezi va supramolekulyar komplekslari hamda ularning biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K314. 
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Ugilay Koxxorovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vohidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nazarov Otabek Mamadalievich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mentol hosilalari sintezi va supramolekulyar komplekslari hamda ularning biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mentolning ikki asosli karbon kislotalari bilan yangi hosilalari sintez qilinib, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor mentol va GK hamda GKMAT bilan turli xil molyar nisbatlardagi suvda eruvchan supramolekulyar kompleks birikmalari olingan hamda fizik-kimyoviy va spektral usullar asosida ularning kimyoviy tuzilishlari aniqlangan;
olingan kompleks birikmalarning barqarorlik konstantasi 1.79±1×104 ga teng ekanligi isbotlangan;
olingan supramolekulyar kompleks birikmalarining biologik faolliklari aniqlanib, GK:Mt (4:1) nisbatdagi supramolekulyar birikmasining alloksan diabet sharoitida chakirilgan gipoglikemik faolligi va mitoxondriya membranasini stabillovchi xossasi mentol, GK va uning GK:Mt (2:1) va GK:Mt (9:1) komplekslariga nisbatan faolroq ekanligi aniqlangan;
mentol va GK va GKMAT bilan hosil qilgan supramolekulyar komplekslari bug‘doy (Triticum aestivum L.) o‘simligining o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mentolning ikki asosli karbon kislotalar bilan  hosilalari, GK hamda GKMAT  bilan olingan supramolekulyar komplekslarining kimyoviy tuzilishi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shirinmiya o‘simligi ildiz poyasidan olingan glisirrizin kislotasining mentol bilan supramolekulyar kompleksini S-A-2018-004 raqamli «Anor (Punica granatum L.)ning biotexnologik kolleksiyasini yaratish va patogensiz ko‘chatlarini olish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish» amaliy loyihasida anorning vegetativ organlarini in vitro sharoitda rivojlanishini avjlantirish xususiyatini qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21iyuldagi 89-03-2621-son ma’lumotnomasi). Natijada, supramolekulyar kompleks ozuqa muhitiga qo‘shilganda in vitro sharoitida anorning yangi novdachalari va ildiz hosil bo‘lishi tezlashib, kallus to‘qima rivojlanishiga imkon bergan;
Shirinmiya o‘simligi ildizpoyasidan olingan glisirrizin kislotasi va uning monoamoniyli tuzining mentol bilan turli nisbatdagi supramolekulyar komplekslari (GK:Mt va GKMAT:Mt preparati) Sirdaryo viloyati Boyovut tumani fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020yil 28 avgustdagi 02/021-2732-son ma’lumotnomasi) Natijada, nazorat maydoniga nisbatan hosildorlikni gektariga o‘rtacha 8 sentnerga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish