Xen Dmitriy Nikolaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olinmaydigan tish protezlarini ko‘tara olmaslikning diagnostikasi va uning profilaktikasi», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib504.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrullaevich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti DSc.04.30.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzuddinov Saurbek Ruzuddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston).
Xabilov Nugmon Lukmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Voronej davlat tibbiyot universiteti  (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli materiallardan tayyorlangan olinmaydigan tish protezlarini ko‘tara olmaslikning tashxislash va profilaktikasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashxislash mezonlarini ishlab chiqish uchun turli materiallardan tayyorlangan olinmaydigan tish protezlarini ko‘tara olmaslik asoslangan;
GAFK intensivligi va antiperoksid himoya tizimi baxolash asosida tish protezlarini ko‘tara olmaslik holatlari bemorlarning monoklinik guruhlarida stomatologik holatning o‘ziga xosligi aniqlangan;
organizmning biologik suyuqliklari yagona tizimida lipidlarning perekisli oksidlanishi mahsulotlarini ortishi asosida og‘iz suyuqligining biologik roli to‘g‘risidagi kompleks ma’lumotlar shakllantirilgan;
tish protezlarini ko‘tara olmaslikning klinik asoslangan tavsiflariga tayanib tish protezlarini ko‘tara olmaslikni oldini olishning ob’ektiv choralar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olinmaydigan tish protezlarini ko‘tara olmaslik tashxisoti usullari va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadiiiotning ilmiy natijalari asosida:
“Ikkilamchi qisman adentiya bilan og‘rigan bemorlar og‘iz suyuqligining fizik-kimyoviy xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 1. iyuldagi 8n-r/201-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiya turli xil materiallardan tayyorlangan olinmaydigan tish protezlarini ko‘tara olmaslikni oldini olish va tashxis qo‘yishning yangi usullarini ishlab chiqishga imkon bergan;
“Tish protezlarini ko‘tara olmaslikni tashxislashda leykotsitlarning integral indekslari” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 8n-r/ 200-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiya umumiy davolash kursining davomiyligini qisqartirishga, konstruksion materiallarni erta ko‘tara olmaslik tufayli kasallikning kuchayishini oldini olishga imkon bergan;
olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlash sohasiga, xususan, Toshkent shahridagi “Denta Med plyus” stomatologiya markazi, “Sardor denta” stomatologik klinika faoliyatiga, Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi va Buxoro viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi faoliyatiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 sentyabrdagi 8n-d/109-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni tadbiq etish natijasida, bemorlarning yashash sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish