Davronova Gulrux Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orttirilgan neyrosensor qattiqquloqlikning tashxislash usullari, differensial davo va profilaktikasini takomillashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1037.
Ilmiy rahbar: Xushvakova Nilufar Jurakulovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Roberto Puxeddu M.D tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: orttirilgan neyrosensor eshitish pasayishi mavjud bemorlarni olib borish uslubi va reabilitatsiyasini mukobillashtirish uchun erta tashxislash, patogenetik asoslangan kiyosiy davo va kasallikning bashoratini ishlab chikishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
orttirilgan neyrosensor eshitish pastligiga olib keluvchi ekzogen omillar bilan bir qatorda, genetik omillar- 12S rRNK genida A1555G mutatsiyasiga olib keluvchi eshitishga javob beruvchi nomzod genlar ahamiyati isbotlangan;
o‘tkir neyrosensor eshitish pasayishi bilan og‘rigan bemorlar qonida AOT disbalansiga olib kelgan ortiqcha NO va O2- stimulyasiyasi hamda eritrotsitlar membranasidagi ONOO- miqdoriga korrelyasion  bog‘liqligi va kasallik kechishi darajasiga ta’siri aniqlangan;
ishlab chiqarilgan algoritm asosida neyrosensor eshitish pasayishiga olib keluvchi mitoxondrial DNK dagi 12S rRNK genida A1555G geteroplazmiyasi aniqlangan xolatlarda, elektroakustik korreksiyani o‘tkazish, kasallik avj olganda esa  koxlear implantatsiyaning samaradorligi isbotlangan;
orttirilgan neyrosensor eshitish pasayishi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolash tarkibiga metabolitik dori vositasini qo‘shish orqali, davolash samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Orttirilgan neyrosensor eshitishi pasayishi bo‘lgan bemorlarda molekulyar–genetik mutatsiyalarni o‘rganish va kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Orttirilgan neyrosensor eshitish pastligi mavjud bemorlarda tashxislash–davolash algoritmi” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 8n-r/73 – sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ONSEP bo‘lgan bemorlarda erta tashxislash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya va davolashni muqobillashtirish imkonini bergan.
Orttirilgan neyrosensor eshitish pasayishi bor bemorlarda kasallikni erta tashhislash va kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish uchun mitoxondrial DNKda 12S  rRNK genida A1555G genining polimorfizmi va mutatsiyasi bilan bog‘liqligini o‘rganish asosida davolash tadbirlari samaradorligini optimallashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi va Samarqand shaxar 12 sonli oilaviy poliklinikasiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash Vazirligini 2020 yil 15 sentyabr 8n-d/130-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy etilishi davolash samaradorligini oshirish, davolashning umumiy davomiyligini qisqartirish, yuqori toksik, ototoksik preparatlarni noratsional buyurishdan vos kechish va nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish