Ismatullaev Abdumannab Tursunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston hududida yaratilgan tajvid ilmiga oid manbalar, 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Isl.5.
Ilmiy rahbar: Uvatov Ubaydulla Murodovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor., Umarov Shukurillo Xursandmurodovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yaratilgan tajvid ilmiga oid manbalarning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta asrlarda Movarounnahrda Qur’on qiroati ilmi keng taraqqiy etgani, hududdan etti xil qiroatda chuqur bilimlarga ega Hofiz Do‘stmuhammad, Hofiz Badriddin Buxoriy, Yormuhammad Samarqandiy singari etuk olimlar etishib chiqqani, ularning “Qavoid al-Qur’on”, “Durra al-farid”, “Majma’ al-ajoyib” nomli asarlari Markaziy Osiyo mintaqasida asosiy darslik sifatida keng foydalanilgani isbotlangan;
islom olamida shuhrat qozongan etti qiroatni o‘rgatishga ixtisoslashgan «shotibiyxona» maxsus maktablari XIX asr oxirida Turkistonda faoliyat olib borgani, Buxoroda joylashgan bunday mashhur maktablardan birida Abdulloh xoja A’lam Buxoriy va Faxriddin Buxoriydek qiroat ilmining etuk namoyandalari dars bergani manbalar asosida aniqlangan;
«Hirz al-amoniy» asari nafaqat mintaqada, balki musulmon olamida ham qiroat ilmidagi muhim qo‘llanmalardan biri hisoblanib, uning 1914 yilda Toshkentda uchta sharhi bilan birga nashr qilingan 200 adaddagi nusxasi muqaddas Makka va Madina shaharlariga mutaxassis va talabalar foydalanishlari uchun maxsus yuborilgani qo‘lyozma manbalar asosida dalillangan;
XIX asrda Markaziy Osiyo madrasalarida mashhur bo‘lgan «Nazm al-qavoid» asarining muallifi va yozilish davri manbalarda turlicha ko‘rsatilishiga qaramay, uning ismi Muhammad Zohid Haraviy, yozilgan davri XVII asr oxiri ekani, XIX asr boshida esa, “Manzuma al-qavoid” nomi bilan turkiy tilga she’riy tarjima qilingani qo‘lyozmalar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston hududida yaratilgan tajvid ilmiga oid manbalar tahlili bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
O‘rta asrlarda Movarounnahrda Qur’on qiroati ilmi keng taraqqiy etgani, hududdan etti xil qiroatda chuqur bilimlarga ega Ma’sumxoja Keshiy, Hofiz Do‘stmuhammad, Hofiz Badriddin Buxoriy, Yormuhammad Samarqandiy kabi etuk olimlar etishib chiqqani, ularning “Qavoid al-Qur’on”, “Durra al-farid”, “Majma’ al-ajoyib” asarlari Markaziy Osiyo mintaqasida asosiy darslik sifatida o‘qitilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida «Abdulvohid qori Abdurrauf o‘g‘li. Vozih at-tajvid» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 16 oktyabrdagi 5177-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘ri o‘qish va talaffuz qilish borasidagi nazariy ma’lumotlar boyitilgan hamda etuk olimlar haqida bilimlar shakllantirilgan;
Islom olamida mashhur etti qiroatni o‘rgatishga ixtisoslashgan «shotibiyxona» nomli maxsus maktablar XIX asr oxirida Turkistonda faoliyat olib borgani, Buxoroda joylashgan bunday maktablardan birida Abdulloh xoja A’lam Buxoriy va Faxriddin Buxoriy singari mahalliy olimlar dars bergani to‘g‘risidagi xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari talabalari uchun buyurtma asosida Qur’on qiroati va tajvid fanlaridan «Movarounnahrda tajvid ilmining taraqqiyoti», «Qiroat ilmi bilan shug‘ullangan olimlar hayoti va ijodi» nomli mavzular hamda «Qiroat va tajvid fanidan qo‘llanma» nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasining 2020 yil 06 noyabrdagi 2192-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning qiroat va tajvid bo‘yicha bilimlar boyitilib, ularning ushbu fanlarni mustahkam o‘zlashtirishiga ta’sir etgan;
«Hirz al-amoniy» asari nafaqat mintaqada, balki musulmon olamida ham qiroat ilmidagi muhim qo‘llanmalardan biri bo‘lib, 1914 yilda Toshkentda uchta sharh bilan birga nashr qilingan 200 adaddagi nusxasi muqaddas Makka va Madina shaharlariga mutaxassis va talabalar o‘rganishlari uchun maxsus yuborilganiga doir xulosalar buyurtma asosida «Buxoro ta’lim tizimi tarixi» kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 5 noyabrdagi 316/20 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikni yurtimiz boy madaniy-ma’rifiy tarixi bilan tanishtirishga erishilgan;
XIX asrda Markaziy Osiyo madrasalarida mashhur bo‘lgan «Nazm al-qavoid» asarining muallifi va yozilish davri manbalarda turlicha ko‘rsatilishiga qaramay, uning ismi Muhammad Zohid Haraviy, yozilish davri XVII asr oxiri ekani, XIX asr boshida esa, «Manzuma al-qavoid» nomi bilan turkiy tilga she’riy tarjima qilingani haqidagi ma’lumotlar buyurtma asosida «Buyuk yurt allomalari» kitobi mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 18 noyabrdagi 03-26/21- sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-madaniy jamoatchilik, xususan, yoshlarni sohaga oid ma’lumotlardan keng xabardor etish va soha xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qilgan.