Qarshiev G‘ulomjon Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar residiv jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va profilaktikasi», 12.00.08. – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu267.
Ilmiy rahbar: Zakirova Adina Gulyamovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ochilov Xasan Rashidovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar residiv jinoyatchiligining profilaktikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi tegishlicha Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning zamonaviy usul va shakllaridan foydalanilgan holda sog‘lom va jismonan baquvvat, ruhan tetik, bilimli, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng tarbiyalanuvchilarni, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashi lozimligi asoslangan;
tarbiyalanuvchilarda mehnat ko‘nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida kasbga o‘rgatish, qiziqishlari va kasbiy qobiliyatini baholab borish orqali mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni tanlashi uchun ko‘maklashish lozimligi isbotlangan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatini tashkil etish hamda ularning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari sifatida: yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatda ishtirok etish; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish; huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash; yosh fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorligi yo‘nalishlarini IIVning buyrug‘ida belgilash zarurligi asoslantirilgan;
profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, «yoshlar», «yoshlar residiv jinoyatchiligi», «yoshlar residiv jinoyatchiligining profilaktikasi» tushunchalariga nazariy-huquqiy tavsif berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlar residiv jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qonunchilikda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga mas’ulligini belgilashga qaratilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 880-son «Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Nizomining 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 14 maydagi 12/20-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarining yoshlar residiv jinoyatlarining barvaqt profilaktikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tarbiyalanuvchilarda mehnat ko‘nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida kasbga o‘rgatish, qiziqishlari va kasbiy qobiliyatini baholab borish orqali mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni tanlashi uchun ko‘maklashish borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 880-son «Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Nizomining 140-bandi birinchi xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 14 maydagi 12/20-1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi yosh tarbiyalanuvchilarni o‘quv-tarbiya muassasasida bo‘lgan davr mobaynida kasbga o‘rgatishga doir faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarini yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatini tashkil etish hamda ularning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlarini belgilashga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 12 iyuldagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 11-bandi 8-xatboshisi, 50, 54, 56-bandlari, 57-bandining 1–5-xatboshilari hamda 121-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining 2020 yil 16 iyundagi 26/7-1740-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlarining aniq belgilanishiga xizmat qilgan.