Xoliqov Baxtiyor Abdug‘opporovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuk ko‘taruvchanligi yuqori traktor poezdlarining ratsional tarkiblarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.3.PhD/T1858.
Ilmiy rahbar:Toshboltaev Maxamad Tojalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomkulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori,katta ilmiy xodim;Mamadjanov Sultanali Islamalievich, texnika fanlari nomzodi,katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi»MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori quvvatli traktor va yuk ko‘taruvchanligi katta tirkamalardan iborat traktor poezdlarining ratsional tarkiblarini asoslash va joriy etish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi transportining samarasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
traktor ilmoq kuchini aniqlash ifodasi tortish kuchi ta’sirida dinamik harakatlanayotgan traktorga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanat sharti asosida olingan;
poezd tarkibidagi tirkamalar sonini aniqlash ifodasi traktor ilmoq kuchi ta’sirida dinamik harakatlanayotgan tirkamaga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanat sharti asosida olingan;
tormoz yo‘lini hisoblash formulasi traktor poezdining – ikki zvenoli mobil mexanik tizimning – tormozlanish dinamikasi qonuniyatlari yordamida chiqarilgan;
poezdning tormozlanish rejimida traktor va tirkama o‘qlariga ta’sir etuvchi maksimal tormoz kuchlarini hisoblash formulalari statikaning muvozanat tenglamalari asosida chiqarilgan;
elastik bog‘lanishli traktor poezdining tormozlanishdagi hisobiy sxemasi va differensial tenglamalari ilmoqlarning so‘ndirish xususiyatlarini e’tiborga olib tuzilgan;
tirkamaning tormozlanish paytidagi bo‘ylama-vertikal va ko‘ndalang  tebranishlarining differensial tenglamalari Lagranjning ikkinchi tur tenglamalari yordamida olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori quvvatli traktor va yuk ko‘taruvchanligi katta tirkamalardan iborat traktor poezdlarining ratsional tarkiblarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
traktor ilmoq kuchini, tirkamalar sonini, traktor poezdining tortishga qarshiligi va tormoz yo‘lini aniqlashga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJga loyihalash ishlarida foydalanish uchun topshirilgan (Qishloq xo‘jaligini vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/023-2606-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuk ko‘taruvchanligi va ish tezligi yuqori traktor poezdlarining yangi namunalarini loyihalash va ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
turli tarkibdagi traktor poezdlari Yangiyo‘l tumanidagi “Agro Bio Xolding” MChJga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligini vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/023-2606-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuk tashishdagi keltirilgan xarajatlar amaldagi 4 tonnali 2PTS-4-793A tirkamaga nisbatan 8 tonnali Joskin tirkamasida 47 foizga, 6 tonnali TTZ-8525 tirkamasida 16 foizga kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish