Irisov Xusniddin Doniyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Turbulizatorli to‘zitkichning parametr va ish rejimlarini asoslash”,05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1201.
Ilmiy rahbar:Ashirbekov Ivadulla, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Toshboltaev Maxamad Tojalievich, texnika fanlari doktori, professor; Utepov Burxan Bektursinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zalarni defoliatsiyalashda yuqori dispersli tomchilarni shakllantiradigan turbulizatorli to‘zitkichning konstruksiyasi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ishchi suyuqliklaridan yuqori dispersli tomchilarni shakllantiradigan to‘zitkichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
purkagichning ishchi suyuqlik sarfi gidravlik tizimdagi ishchi bosim, to‘zitkich xalqasimon tirqishining kengligi, ishchi suyuqlik sarf koeffisienti, purkalish fakelining kengayish burchagini hisobga olgan holda aniqlangan;
to‘zitkichdagi lokal havo oqimi sarfi turbulizatordagi teshiklar soni, turbulizator teshiklarini uning o‘qiga nisbatan qiyalik burchagi, havoning sarf koeffisienti, purkagich karnayidan chiqayotgan havo oqimining tezligiga bog‘liq ravishdaaniqlangan;
to‘zitkich xalqasimon tirqishidan chiqayotgan birlamchi tomchining turbulizatsion parchalanish jarayoni, yupqa suyuqlik pardasiga ta’sir etuvchi turbulizatsion havo oqimlari kinetik energiyasining matematik modeli ishlab chiqilgan;
to‘zitkichdagi xalqasimon tirqishining kengligi,  gidravlik tizimidagi ishchi suyuqlik bosimi, to‘zitkichlar sonining maqbul parametrlari ularning resurstejamkor va sifat ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zalarni defoliatsiyalash jarayonida yuqori dispersli tomchilarni shakllantiradigan to‘zitkichni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ventilyatorli purkagichlarda ishchi suyuqliklarni yuqori dispersli tomchilarga parchalaydigan to‘zitkich qurilmasiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Ishchi suyuqliklarni parchalash qurilmasi”, № FAP 01451-2020 y.). Natijada, ish sifati va unumi yuqori hamda resurstejamkor turbulizatorli to‘zitkichning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
eksperimental purkash agregati Yakkabog‘, Bag‘dod tumanlarining paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va Yangiyo‘l tumani QXMITI tajriba uchastkasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 maydagi 02/023-1319-son ma’lumotnomasi). Natijada, defoliatsiyalash jarayonida bir gektar maydonga sarflanadigan ishchi suyuqlik sarfini 13,1 foizga, mehnat sarfini 5,8 kishi-soatga kamayishi hamda barglarning to‘kilish darajasi 4,0 foizga va ko‘saklarning ochilish darajasini esa 5,7 foizga oshishi ta’minlangan;
maqbul parametrlarga ega to‘zitkichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «Agregat zavodi» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 maydagi 02/023-1319-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zalarni defoliatsiyalash jarayonida yuqori dispersli tomchilarni shakllantiradigan to‘zitkichning sanoat nusxasini ishlab chiqishning texnik imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish