Allamuratova Tamara Qalmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki qatlamli trikotaj mahsulotlarini olishning resurstejamkor texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.3.PhD/T782.
Ilmiy rahbar:Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlapi doktopi, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, ppofessop; Abduraxmanov Abdurashid Ataxanovich, texnika fanlari nomzodi,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiyainstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki qatlamli trikotaj to‘qimasi assortimentlarini olishning resurstejamkor texnologiyasini takomillashtirish hamda trikotaj mahsulotlarining sifatini yaxshilash va trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimalar ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
aylana ikki ignadonli to‘quv mashinasida ikki qatlamli trikotaj to‘qimasini olish usuli ishlab chiqilgan;
aylana ikki ignadonli to‘quv mashinasining ikki ilgakli tilchali ignasining yangi yakka tilchali konstruksiyasi yaratilgan;
ikki ignadonli to‘quv mashinasining tortish texnologiyasi nazariy echimlar aosida takomillashtirilgan;
trikotaj to‘qimasi tarkibiga press va to‘liq bo‘lmagan to‘qima elementlari kiritilib, xomashyo sarfi kam bo‘lgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (Ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarish usuli, № IAR 06241-2020 y.). Natijada, xomashyo sarfini kamaytirib, trikotajning ekspluatatsion va shakl saqlash xususiyatini yaxshilash imkon yaratilgan;
ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (Ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarish usuli, № IAR 06242-2020 y.). Natijada, trikotaj tarkibiga arqoq ipini kiritish va ularni futerli yarim halqalar ko‘rinishidagi asosga mahkamlash orqali ish unumdorligi oshirilgan;
yangi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi “Sedat Triko Tashkent” MChJ va “Flatnit Textile” MChJ qo‘shma korxonalariga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 3-avgustdagi 04/18-1847-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, xomashyo sarfini 12% gacha kamaytirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish