Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona botig‘i vohalaridagi agroirrigatsion yotqiziqlarning mul`ti-funksional landshaft tahlili», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Gr26.
Ilmiy maslahatchi: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Egamberdiev Hamroqul Tursunqulovich, geografiya fanlari doktori; Hayitov Yozil, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona botig‘i voha landshaftlarining vujudga kelishi, rivojlanishi va shakllanishi, shuningdek vohalarning landshaft-ekologik sharoitiga agroirrigatsion yotqiziqlarning ta’sirini aniqlash va ularni ekologik jihatdan optimallashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona botig‘idagi mavjud vohalarni o‘ziga xos xususiyatlari o‘zaro taqqoslash hamda matematik modellashtirish usullari yordamida boshqa hududlardan ajralib turuvchi belgilari va ichki tafovutlari ochib berilgan;
vohalar va ulardagi agroirrigatsion yotqiziqlarini rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra geoekologik sharoitining shakllanishi va rivojlanishi asoslangan, agroirrigatsion yotqiziqlarini mahsuldorligiga ko‘ra yirik masshtabli kartalari yaratilgan;
vohalardagi agroirrigatsion yotqiziqlarni mahsuldorligi va rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra tabiiy geografik rayonlashtirish takomillashtirilgan;
agroirrigatsion yotqiziqlarining tarkibi, xossalari, qalinligi, unumdorligi, hosildorligi, geografik tarqalishi baholangan va antropogen omil ta’sirida vujudga kelgan landshaft-ekologik holatning o‘zgarib borishi prognozlashtirilgan;
vohalarda vujudga kelgan noxush ekologik sharoitni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar aniqlangan va ularni optimallashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona botig‘i vohalaridagi agroirrigatsion yotqiziqlarning mul`tifunksional landshaft tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona botig‘ining asoslangan va tahlil qilingan ulkan imkoniyatlarilari va qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan erlarni monitoringi tahlillaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/022-2-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa va mahalliy hududlarda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligi erlarining unumdorligini aniqlash imkonini bergan;
agroirrigatsion yotqiziqlar bilan qoplangan vohalarda qishloq xo‘jalik ekinlarini landshaft tiplariga moslashtirib joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/022-2-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlarni hosildorligi oshirish imkonini bergan;
ozuqa elementlarini o‘zida yaxshi tutib turuvchi tuproqning singdiruvchi kompleksidan qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishg chora-tadbirlari Qishloq xo‘jaligi vazirligida qishloq xo‘jalik erlarini baholashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/022-2-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlarini kompleks baholash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
agroirrigatsion yotqiziqlar tarqalishi, qalinligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini landshaft tiplariga moslashtirib joylashtirishga doir ishlab chiqilgan voha landshaftlari klassifikatsiyadan ekin turlarini joylashtirish sxemasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida ekinlarni joylashtirish sxemasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/022-2-3640-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik ekinlarni joylashtirish sxemasini takomillashtirish imkonini bergan.
voha landshaftlarining aniqlangan madaniylashganlik darajasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida ekologik jihatdan toza mahsulotlar etishtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2020 yil 4 noyabrdagi 04-02/3-762-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan;
aniqlangan plitalar to‘qnashuvi natijasida yuzaga kelgan tog‘ hosil bo‘lish jarayoni hosilalaridan (adir, antisedent vodiylar, adirlarni daryo va soylar kesib o‘tgan joylari) turizm ob’ektlari sifatida foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 noyabrdagi 02-16/5301-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda turizm tarmoqlarini rivojlantirish imkonini bergan.