Kayumova Dilrabo Talmasovnaning
tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Perimenopauza davridagi ayollarda davolash-profilaktika chora-tadbirlarini  optimallashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib300.
Ilmiy maslahatchi: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc. 04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilova Umida Kabirovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Novosibirsk  davlat tibbiyot universiiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayollarda perimenopauza davri kechishini patogenetik asoslangan tashxislash, oldini olish usullari hamda ularni individual va personal olib borish algoritmini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klimakterik davrning asoratli o‘tishi prediktorlari aniqlangan, perimenopauzadagi ayollarning hayot sifatiga ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyati ochib berilgan, 82,1% ayolda klimakterik sindrom rivojlanishi, ularning 1/5 qismida bu jarayon atipik va ayollarning yarmida postmenopauzada asoratli kechishi aniqlangan;
ayollarda klimakterik davrida qarishga olib keluvchi ruhiy-jinsiy muammolar, shuningdek, peri- va postmenopauzadagi vegetativ-nevrologik, kognitiv buzilishlar tizimlashtirilgan; 
yoshi va klimakterik sindromning klinikasi mavjudligiga qarab menopauzal metabolik sindrom komponentlarining uchrash soni aniqlangan;
endometriy giperplaziyasining boshlanishi, rivojlanishi va qaytalanishi hamda bachadonda qon ketishi peri- va postmenopauzadagi metabolik buzilishlar bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlangan; 
perimenopauza davrida semizlik fonidagi endometriy giperplaziyasi va bachadonda qon ketishining genetik determinantlar – estrogen (rs2228480 ER1); progesteron (rs1042838 PR) reseptorlari; o‘sma nekrozi omili (rs1042522 rs1800629 TNF-) va apoptoz (Arg72Pro TP53) genlarning allellar va genotipik variantlari uchrashish soni o‘rtasidagi konseptual bog‘liqligi aniqlangan;
perimenopauzadagi ayollarni davolash, profilaktika chora-tadbirlarini, differensiatsial yondashuvni tanlash maqsadga muvofiqligi asoslangan va ularning samaradorligi qiyosiy baholangan; 
peri- va postmenopauzadagi ayollarni tashxislash va parvarishlashga asoslangan innovatsion yondashuvlar ishlab chiqilgan, tadqiqot natijalarini kompleks baholash asosida ayolning holatini integratsion baholab, davolashning optimal usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Perimenopauza davrdagi ayollarni davolash-profilaktika choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Klimakterik sindrom. Tashxislash va parvarishlashga kompleks integratsiyalangan yondashuv» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 8n-r/227–son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma klimakterik sindromning tashxislash algoritmini ishlab chiqish va joriy etish imkonini bergan va klimakterik davrdagi ayollarni parvarishlashda davolash-profilaktika yondashuvlari individuallashtirilgan; 
«Menopauzal metabolik sindrom. Tashxislash va parvarishlashga integratsiyalangan yondashuv» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 iyuldagi 8n-r/228-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma perimenopauzadagi ayollarning anamnestik, klinik, biokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida menopauzal metabolik sindromning prediktorlarini tashxislash algoritmi ishlab chiqarilgan;
Klimakterik davrning patologik kechishini kompleks tashxislash, perimenopauzadagi ayollarni parvarishlashga individuallashgan yondashuv bo‘yicha olingan natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qoshidagi “Oila va nikoh” ilmiy-maslahat poliklinikasi, Namangan, Andijon viloyatlari perinatal markazlari va Andijon shahri poliklinikasi faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 iyuldagi 8n-d/97-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar peri- va postmenopauza davrlarida ayollarni parvarishlashga qaratilgan individual va personal yondashuv umumiy hayot sifatini yaxshilagan hamda klimakterik, menopauzal sindrom, depressiyalarni tashxislash va davolanish muddatini qisqartirish orkali, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish