Gafarova Feruza Muratxodjaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlarda disfunksional holat rivojlanishining klinik-biokimyoviy mexanizmlari va erta tashxislash mezonlari», 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika; 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib118. 
Ilmiy maslahatchi: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Fazliddin Sayfitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc04/30.12.2019.Tib.30.02. 
Rasmiy opponentlar: Roytman Aleksandr Pol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya federatsiyasi); Xaydarova Muxtabar Mannapovna, tibbiyot fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim; Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqaloqlarda disfunksional xolat rivojlanishining klinik-biokimyoviy mexanizmini kompleks taxlil qilish va uning tashxislash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba chegaradosh o‘zgarishlarning disfunksional xolatga aylanishi va ular orqali patologik jarayonlarga o‘tish qonuniyatlarining xususiyatlari ochib berilgan;
disfunksional xolat rivojlanishining klinik va biokimyoviy mexanizmlari asoslangan;
tranzitor o‘zgarishlarni disfunksional xolatga, undan patologik jarayonlarga o‘tishining mezonlarini belgilashda klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarning diagnostik va prognostik belgilari ishlab chiqilgan va tizimlashtirilgan; 
neonatal davrda azot oksid sintezini kuchayishini, chaqaloqlarning a’zo va tizimlarida mikrotsirkulyasiya va gemodinamik jarayonlarni saqlashga qaratilgan kompensator - moslashuvchanlik omili ekanligi aniqlangan;
chaqaloqlarda disfunksional xolat extimolini oshiradigan imkoniyatlarning nisbati, Good Clinical Practice standartlariga muvofiq onalardagi yetakchi xavf omillari aniqlangan;
ilk marotaba disfunksional xolat o‘tkazgan chaqaloqlar hayotining keyingi 3 yilida vegetovisseral va qovuq neyrogen disfunksiya, tez-tez kasallanish,  tubulointerstisial nefrit, qabziyat kuzatilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chaqaloqlarda disfunksional holat rivojlanishining klinik-biokimyoviy mexanizmlari va erta tashxislash mezonlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
«Chaqaloqlarda jigarning disfunksional holati va uni korreksiya qilish» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 29 dekabrdagi 8N-d/36-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemor bolalarda tashxislash samarasini oishirishga yordam bergan. Ma’lumotlar asosida chaqaloqlardagi moslashuv jarayonidagi disfunksional xolatlar asoslari va shu xolatga moyillikni aniqlashga, uni oldini olishga hamda monand davolash-profilaktika ishlariga yordam berdi. Chaqaloqlar disfunksional xolatlarini erta tashxislash, oldini olish, davolash va profilaktika samarasini oshirish imkonini bergan.
«Postnatal moslashuv davrida chaqaloqlarda interferon tizimi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 29 dekabrdagi 8N-d/36-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyanoma chaqaloqlarda interferon tizimining neonatal davriga xos xususiyatlari, kelib chiqadigan yallig‘lanish xolatlarni erta tashxislash, qayta- qayta o‘tkir respirator infeksiyalar bilan kasallanish va ularni asoratlanishini, hamda davomiyligini kamaytirish imkonini bergan. 
Olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazida, Olmaliq shaxar, Sirdaryo viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiy markazlarida tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 8N-z/158-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar chakaloqlardagi disfunksional xolatlarini erta tashxislash, davolash-profilaktika tadbirlar yordamida patologik jarayon rivojlanishini bartaraf etish, qayta kasallik kelib chiqishini 2-3 barobar kamayish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish