Sultonova Dilshoda Namozovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston me’morchiligida tasviriy va badiiy vositalarni uyg‘unlashtirish yo‘llari (an’anaviylik va zamonaviylik)», 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/A2.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Durdieva Gavhar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Muqimov Rustam Samatovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston me’morchiligida tasviriy va badiiy vositalarni me’moriy-hajmiy muhit va shahar muhiti bilan o‘zaro uyg‘unlashtirishning an’anaviy yo‘llarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
me’morchilikda tasviriy va badiiy vositalarni qo‘llash paleolit davrida - g‘or va qoyatosh yuzalarida qoyatosh suratlari, antik va ilk o‘rta asr devoriy rangtasviri, o‘rta asrlar qo‘lyozma miniatyurasi, me’moriy-epigrafik ornamentlar, turli zamonaviy badiiy vositalar kabi syujetli kompozisiyalar tuzish orqali yuzaga kelganligi aniqlangan;
antik davrda hukmdorlar qudratining ta’sirchanligi tasviriy timsollar vositasida kuchaytirilganligi isbotlangan;
ilk o‘rta asrlarda zamon mafkurasi Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Kofirqal’a kabi saroylarda tasviriy-badiiy vositalari orqali aks ettirilganligi asoslangan;
o‘rta asrlarda ma’muriy-ijtimoiy xarakterdagi binolar arxitekturasi monumentallashtirilganligi, ichki va tashqi bezaklar esa ommaga ta’sir etuvchi epigrafik yozuvlar va naqshlar bilan uyg‘unlashtirilganligi aniqlangan;
XX asrda me’morchiligidagi devoriy suratlarning kompozisiyasi va mavzusini tanlash, ularni devor sathiga joylashtirish, har bir ekster`er va inter`er bezaklarining estetik mohiyatini ochib berishga qaratilganligi isbotlangan;
aholi punktlarining bosh maydonlari va mahobatli inshootlarida mustaqillik mafkurasini ifodalovchi monumental haykaltaroshlik, kichik me’moriy shakllar, targ‘ibot-tashviqot tasviriy vositalari, ramziy darvozalar, devoriy bezaklar kabi atribut va ramzlarning tasviriy va badiiy vositalar bilan uyg‘unlashtirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston me’morchiligida tasviriy va badiiy vositalarni uyg‘unlashtirish yo‘llari (an’anaviylik va zamonaviylik) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Afrosiyob shahri hukmdori Varxuman saroyidan topilgan devoriy rangli suratlar ilmiy rekonstruksiyasi Arxeologiya institutida O‘zbekiston xalqining ilk o‘rta asrlar me’moriy-badiiy madaniyatini saqlashga doir «O‘zbekistonning qadimdan bugungi kungacha tarixi» mavzuidagi ekspozisiya kompozisiyasini shakllantirishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi 3/1255-2463-son va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-12-03-5022-son ma’lumotnomalari). Natijada, ilk o‘rta asrlar me’morchiligida ilk rangli devoriy rangtasvir rekonstruksiyasini qo‘llash kompozisiyasi orqali me’moriy-badiiy uyg‘unlikka erishish imkonini bergan;
tasviriy va amaliy bezak san’atini me’morchilikda qo‘llashning g‘oyaviy, nazariy va amaliy asoslari bo‘yicha olingan natijalar F.1-86 raqamli «O‘zbekiston arxitekturasining mustaqillik mafkurasi asosida shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish va samarali rivojlantirish tamoyillarini ishlab chiqish» mavzusidagi loyihaning “Me’moriy bezaklarning tadrijiy taraqqiyoti” bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-12-03-5022-son ma’lumotnomasi). Natijada, bino inter`erida tasviriy va amaliy bezak san’ati namunalarini ekspozisiyalar vositasida qo‘llashning g‘oyaviy, nazariy va amaliy asoslarini uyg‘unlashtirish imkoniyatini yaratgan; 
tarixiy me’moriy ob’ektlar inter`erlarida qo‘llanilgan tasviriy va badiiy vositalarni grafoanalitik usulda taqqoslash orqali an’anaviy va zamonaviy devoriy rangtasvir bilan bezatish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy loyiha-taklifi Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasida arxitektura ob’ektlarini So‘g‘d-Baqtriya bezak motivlari bilan sharqona uslubda bezatish hamda “Bog’ishamol Garden” dam olish maskani binosini devoriy rangtasvir va badiiy vositalar bilan boyitishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-12-03-5022-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand shahri me’morchiligida mahobatli san’at turlarining qadimdan vujudga kelganligi va taraqqiy etganligi xususida aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish