Xudjanova Dildora Jur’at qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XII asrda Movarounnahrda yaratilgan aruz ilmiga oid manbalar (Mahmud Zamaxshariy va Abu Hafs Nasafiy asarlari asosida)”, 10.00.10 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil352.
Ilmiy rahbar: Ziyovuddinova Muxlisa, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rustamiy Salima Aliybeg qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahmud Zamaxshariyning «Al-qisṭās» va Abu Xafs Nasafiyning «Muxtaṣar al-‘arūḍ» risolalarining aruz ilmiga oid asarlar orasidagi o‘rnini belgilash, ularni adabiy manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish hamda ilmiy muomalaga kiritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Hafs Nasafiyning «Muxtaṣar al-‘arūḍ» risolasi ilk bor tahlil va tadqiq etilib, ilmiy istifodaga olib kiritilgan;
Zamaxshariy va Nasafiy aruz ilmini bayon etishda Xalil ibn Ahmad nazariyasiga tayanganligi va shu bilan birga, aruz nazariyasini o‘z yondashuvlari va qarashlari bilan muayyan tarzda boyitganligi ilmiy dalillangan;
Sharq va g‘arb tadqiqotchilari e’tiboridan chetda qolgan Sadrushsharia Buxoriyning «Xamsa abyāt bi ‘adadi davāir al-‘arūd» («Aruz doiralari soniga ko‘ra besh bayt») asari haqida ilk bor ma’lumot berilgan va undagi aruz doiralari mavzusi original tarzda keltirilganligi va she’riy misollar muallif qalamiga mansub ekanligi isbotlangan;
«Al-qisṭās» qo‘lyozmalarini qiyosiy tekstologik o‘rganish jarayonida asarning eng noyob, qadimiy va to‘liq nusxasi Turkiyadagi Ko‘nya mintaqasi qo‘lyozmalar kutubxonasining «Burdur» fondidagi (№125) qo‘lyozma ekanligi aniqlangan;
Asarning Berlindagi Tubingen davlat kutubxonasi fondida saqlanayotgan nusxa boshqa qo‘lyozmalardan tubdan farq qilishi aniqlanib, ko‘lyozma tarkibining ikkinchi qismi movarounnahrlik olim Sadrushsharia Buxoriyning «Xamsa abyāt bi ‘adadi davāir al-‘arūd» asaridan ko‘chirilganligi hamda qo‘lyozmaning uchinchi qismi matni arab olimi Abu Jaysh Andalusiyning «Al-Risāla-Andalusīya» («Andalusiy risolasi») asariga tegishli ekani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
Movarounnahrda yaratilgan aruz ilmiga oid manbalarda qadimgi davr arab shoirlarining aruz vaznidagi qasidalari bo‘yicha tadqiqotlarining ilmiy natijalaridan OT-F1-67 “Buyuk ipak yo‘li mintaqasi xalqlari fol`klorining tipologiyasi, milliy o‘ziga xosligi va yozma adabiyot rivojida tutgan o‘rni (Uzoq Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari)” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2148-son ma’lumotnomasi). Natijada, arab folk`loriga oid monografiya aruz vazni tarixi va rivojlanish an`analariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan va mazmuni takomillashtirilgan;
movarounnahrlik olimlarning aruz ilmiga doir risolalari, ularning aruz ilmi rivojidagi o‘rni, o‘zbek zamini ulamolari tomonidan arab va o‘zbek aruzining rivojlantirilishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi №654-sonli buyrug‘iga asosan nashr qilingan «Aruz ilmi» darsligini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada mazkur darslikda aruz nazariyasi asoslarini yoritishda dissertatsiyaning asosiy manbalari bo‘lgan asarlardan foydalanilgan hamda ushbu darslik mumtoz filologiya talabalariga o‘qitiladigan «Aruz ilmi» fani uchun asosiy adabiyotlardan biri sifatida amaliyotga joriy qilingan;
aruzshunoslikning taraqqiy etishida movorounnahrlik olimlarimizning salmoqdi ulushi, ular qoldirgan yozma yodgorliklarning ahamiyati bilan bog‘liq materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatilgan «Mavzu» ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 26 iyundagi 02-40-693-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston tarixini yoritish, O‘zbekiston hududidan etishib chiqqan allomalar ilmiy merosini o‘rganish, ularni ilmiy istifodaga olib kirish, hamda ularning aruzshunoslik takomilida tutgan o‘rinlarini baholash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi, deb hisoblangan.