Baymuratov Baxodir Xoldarovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘p funksiyali elektr o‘tkazuvchan to‘qimachilik materiallarini yaratish va ularning xususiyatlari”,05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T51.
Ilmiymaslahatchi: Akbarov Djamal Nugmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p funksiyali elektr o‘tkazuvchan to‘qimachilik materiallarini yaratish va xususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belgilangan elektrofizik xususiyatlarga ega yuqori kuchlanishli elektromagnit va elektr maydonlarini sezilarli darajada zaiflashtiruvchi to‘qima ishlab chiqarish usuli yaratilgan (“Elektr o‘tkazuvchan to‘qima”, № IAP 05855, 2019 y.);
fizikaviy-mexanik va antistatik xususiyatlari yuqori bo‘lgan elektr o‘tkazuvchan to‘qima assortimenti yaratilgan;
maxsus funksional vazifalarga mo‘ljallangan to‘qimali elektrisitgichlar yaratilib, texnik shartlar ishlab chiqilgan;
elektromagnit maydonlaridan himoyalovchi kostyum yaratilgan va uning belgilangan ekspluatatsion tavsiflari, elektrofizik xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan (“Himoyalash kiyimi”, № IAP 05107, 2015 y.);
elektr maydonlaridan himoyalashning yuqori koeffisientiga ega bo‘lgan elektr o‘tkazuvchan poyabzal yaratilgan (“Elektr o‘tkazuvchan poyabzal”, № IAP 03816, 2008 y.).
IV. Ixtiroga patenti:O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “Elektr o‘tkazuvchan to‘qima” (№ IAP 05855, 2019 y.), “Himoyalash kiyimi” (№ IAP 05107, 2015 y.), “Elektr o‘tkazuvchan poyabzal” (№ IAP 03816, 2008 y.)ixtiro uchun patentlari olingan. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 25 iyuldagi 01-11/1558-son, 01-11/1559-son hamda 01-11/1560-son xulosalari.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Belgilangan elektrofizik xususiyatlarga ega bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektromagnit va elektr maydonlaridan himoyalashning yuqori koeffisientiga ega bo‘lgan to‘qimalarni yaratish va ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
elektr o‘tkazuvchan iplarini to‘qimaning tanda va arqoq yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan masofada joylashtirilib, piltali yuqori o‘tkazuvchan qismlardan tashkil topgan maxsus to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasi “Rihsitillo gazmol servis” XKda  joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 6 noyabrdagi 04/18-2617-son ma’lumotnomasi). Natijada,  maxsus to‘qimani STB-180 to‘quv dastgoxida ishlab chiqarish texnologiyasi  yaratilib, to‘qima assortimenti ko‘payishiga erishilgan; 
barqaror antistatik xususiyatlarga ega bo‘lgan to‘qima namunalari tarkibiga tanda va arqoq bo‘yicha bir-biridan turli masofalarda elektr o‘tkazuvchan iplarni kiritish yo‘li bilan polotno o‘rilishidagi to‘qimani   ishlab chiqarish “SHAMS” XK korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 6 noyabrdagi 04/18-2617-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanda va arqoq yo‘nalishi bo‘yicha elektr o‘tkazuvchan iplarni joylashtirish to‘qimaning havo o‘tkazuvchanligini 23% ko‘payishga, uzilish kuchini 11,5%ga ortishiga va belgilangan antistatik xususiyatli to‘qima olish imkoniyatiga erishilgan;
tanda yo‘nalishida 2-3 mm oraliqda hamda arqoq bo‘yicha 100% elektr o‘tkazuvchi iplar joylashtirilib olingan to‘qima poyabzal ishlab chiqaruvchi “NAFIS” korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 6 noyabrdagi 04/18-2617-son ma’lumotnomasi). Natijada, poyabzalning xizmat ko‘rsatish muddatini 2 barobarga ko‘payish imkoni yaratilgan;
tanda va arqoq yo‘nalishi bo‘yicha 200±10 mm masofada  elektrodlar joylashtirilgan maxsus to‘qimani ishlab chiqarish texnologiyasi “MITTI” korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 6 noyabrdagi 04/18-2617-son ma’lumotnomasi).Natijada, himoyalash to‘qima assortimetini mitti mokili  to‘quv dastgohda ishlab chiqarish hamda to‘qish tezligini 11% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
tanda va arqoq bo‘yicha belgilangan masofada elektr o‘tkazuvchan iplarni to‘qimada joylashtirish uchun manevrli tandalash usuli “APITEKS” korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 6 noyabrdagi 04/18-2617-son ma’lumotnomasi).Natijada, himoyalash to‘qimasini egiluvchan rapirali to‘quv dastgohida ishlab chiqarish hisobiga ip uzilishlari sonini 23%ga kamayishiga, dastgoh tezligini 25% oshishiga erishilgan.
turli miqdorda elektr o‘tkazuvchan va sintetik iplardan maishiy to‘qimalar ishlab chiqarish  usuli “AKROTEKS” korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 6 noyabrdagi 04/18-2617-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintetik iplardan antistatik to‘qimalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan, dastgohning energiya sarfi 15%ga kamayishiga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish