Rustamov Anvar Axmatovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sun’iy ozuqada Bracon hebetor Say parazitini ko‘paytirish va tunlam (Lepidoptera) qurtlariga qarshi qo‘llash», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx535.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Otabek Abdushukirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: Brakon turlarini (Braconidae) o‘stirish uchun sun’iy oziqa” (№ GAR 05932) 16.08.2019. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 27 fevraldagi 01-11/451-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Braconidae oila vakillarini biolaboratoriya sharoitida sun’iy ozuqa muhitida yalpi ko‘paytirish texnologiyasini yaratish va Lepidoptera turkumi vakillarining miqdorini boshqarishdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sun’iy ozuqada parazit entomofag (Braconidae) turlarini yalpi ko‘paytirish texnologiyasi uchun samarali oziqa muhitlari yaratilgan;
Braconidae oila vakillarini biolaboratoriya sharoitida sun’iy ozuqa muhitida yalpi ko‘paytirish texnologiyasi yaratilgan;
sun’iy ozuqada ko‘paytirilgan parazit entomofaglarni (Braconidae) biotsenozda biologik hususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan; 
parazit-entomofaglarni (Braconidae) sun’iy ozuqada ko‘paytirishda eng maqbul iqlim sharoitlari aniqlangan; 
sun’iy ozuqada ko‘paytirilgan parazit entomofaglarni (Braconidae) Lepidoptera turkumining asosiy zararkunanda turlariga qarshi qo‘llash va ularni biologik-iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sun’iy ozuqada Bracon hebetor Say parazitini ko‘paytirish va tunlam (Lepidoptera) qurtlariga qarshi qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:  
Parazit entomofaglardan Bracon hebetor Say turini sun’iy ozuqada ko‘paytirish Toshkent vildoyati biolaboratoriyalarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/025-2553-son ma’lumotnomasi). Natijada biolaboratoriyalarda entomofaglarni etishtirish samaradorligi 2-3 marotabaga tezlashgan. G‘o‘zadan gektaridan o‘rtacha 3,5-4,2 sentner, pomidordan esa 26,5-33,7 sentner qo‘shimcha hosil olingan va sarflangan har 1 so‘m xarajat uchun 5,5-6,5 so‘mlik mahsulot olishga erishilgan.
sun’iy ozuqada ko‘paytirilgan parazit-entomofag (Braconidae) avlodlari ekinlarning zararkunandalariga qarshi Toshkent viloyatida g‘o‘za, sabzavot, makkajo‘xori, don-dukkakli ekinlardagi Lepidoptera turkumi vakillariga qarshi kurashda 24 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/025-2553-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za tunlamiga qarshi brakon turlari 80,2% gacha biologik samaradorlikni tashkil etgan;
sun’iy ozuqada ko‘paytirilgan parazit-entomofaglarni (Braconidae) Lepidoptera turkumi vakillarining karantin zararkunanda turlariga qarshi qo‘llash texnologiyasi joriy etilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini ilmiy markazining 2020 yil 10 yanvaragi 3-30/10-son ma’lumotnomasi). Natijada karantin zararkunandalarga qarshi kurashish sarf xarajatlari 2-3 marotabaga tejash hamda ular miqdorini boshqarish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish