Rasulov O‘tkir Ilashovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikaning janubiy hududlarida piroplazmidozlarning epizootologiyasi va davolash profilaktika chora-tadbirlari”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.(DSc)/V15.
Ilmiy maslahatchi: G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Mavlonov Sobirjon Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning janubiy hududlarida (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari kesimida) qoramollar piroplazmidozlarining (piroplazmoz, teylerioz, babezioz) epizootik holatini aniqlash, tahlil qilish, kasalliklarni davolash va profilaktika qilishning samarali uslub va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizning janubiy hududlarida qoramollar piroplazmidozlarining tarqalish darajasi aniqlangan va tahlil qilingan;
piroplazmidoz kasalliklarini tarqatuvchi kanalarning faunasi hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning patogenlik xususiyatlari va mavsumiy dinamikasi aniqlangan;
piroplazmidozlarni davolashda mahalliy dori vositasi diamidin preparati ishlab chiqilgan va piroplazmidozlarni davolashdagi samaradorligi aniqlangan;
respublikamizga xorijiy davlatlardan olib kelingan antiprotozoy preparatlarning qoramollar piroplazmidozlarini davolashdagi samaradorligi aniqlangan;
Polikarb-Uz preparatining piroplazmidozlarni profilaktika qilishda yuqori samarador vosita ekanligi tajribalarda isbotlangan;
qoramollar piroplazmidozlarini oldini olishda Polikarb-Uz preparatining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikaning janubiy hududlarida piroplazmidozlarning epizootologiyasi va davolash-profilaktika chora tadbirlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Qoramollarning piroplazmoz va teyleriozini davolash usuli» (№IAR 04606 Toshkent 2012 yil); «Qoramollar piroplazmozini profilaktika qilish usuli» (№IAR 04607 Toshkent 2012 yil) ishlanmalari uchun Intellektual Mulk Agentligining Ixtiroga patentlari olingan. Bunda piroplazmidozlardan kelayotgan iqtisodiy zararning 90-95% gacha oldini olishga erishilgan;
«Qoramollar qon-parazitar kasalliklariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining zamonaviy uslub va vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 02/23-313-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarni ushbu kasalliklardan etarli darajada saqlab qolish va kasalliklardan 80-90% gacha sog‘lomlashtirish imkonini bergan;
«Qoramollarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi kurashish to‘g‘risida qo‘llanma» nomli qo‘llanma tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 02/23-313-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish chora-tadbirlarini belgilashda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan;
«Qoramollarning piroplazmidoz kasalliklariga qarshi veterinariya dori vositasi – Polikarb-Uz ni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 02/23-313-son ma’lumotnomasi). Bunda sarflangan 1 so‘m xarajatga 8,9 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.