Yuldashev Serobjon O‘rmonalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatni ilmiy boshqarishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning o‘rni” 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal95.
Ilmiy rahbar: Qahhorova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Axmedovna falsafa fanlari doktori, professor; Shodiev Rustam Toxirovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatni ilmiy boshqarida ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning ustuvorlik kategoriyasining ilmiy-falsafiy jihatlarini asoslab berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning jamiyatni ilmiy boshqarishda xalq bilan muloqot vositasi sifatidagi ahamiyati gipotetik-deduktiv metod orqali isbotlangan;
jamiyatni ilmiy boshqarish fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning innovatsion modelining milliy-madaniy yo‘nalishdagi samaradorligi  asoslangan;
rahbar kadrlarning ijtimoiy-madaniy texnologiyalaridan boshqaruv jarayonida foydalanishi xalq bilan muloqotning ratsionallik omili ekanligi dalillangan;
aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi muloqotda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarni tartibga soluvchi-boshqaruv funksiyasiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyatni ilmiy boshqarishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning o‘rniga oid olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari: 
ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning jamiyatni ilmiy boshqarishda xalq bilan muloqot vositasi sifatidagi ahamiyati, ilmiy-nazariy xulosalari Farg‘ona davlat universitetining 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi» mavzusidagi OT-F1-100 raqamli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 iyuldagi 89-03-2788-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-madaniy texnologiyalardan foydalanishda xalqning siyosiy faolligining oshishi, texnokratik tafakkurning shakllanishi, ijtimoiy-madaniy faoliyatning takomillashishiga xizmat qilgan; 
jamiyatni ilmiy boshqarish fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning innovatsion modeli ekanligiga oid g‘oyalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashi markazi ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan maxsus kursning “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli o‘quv qo‘llanmasining “Ijtimoiy madaniyat” va “Jamiyat taraqqiyotining texnologik bosqichi” deb nomlangan mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 19 sentyabrdagi 02/09-1285-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijasida uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi hamda “Besh tashabbus” loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
rahbar kadrlarning ijtimoiy-madaniy texnologiyalaridan boshqaruv jarayonida foydalanishi xalq bilan muloqotning samaradorlik omili ekanligiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining 2019 yilga mo‘ljallangan “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi ijrosini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil qilish, uslubiy tavsiyalar, dasturlar hamda qo‘llanmalar yaratish bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2019 yil 16 sentyabrdagi 04-13/4231-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh rahbar kadrlarning dunyoqarashida ijtimoiy-madaniy texnologiyalar nafaqat bilim egallash balki xalq bilan muloqot vositasi ekanligini ochib berishga xizmat qilgan;
aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi muloqotda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning tartibga soluvchi-boshqaruv funksiyasidan foydalanishning xavfsizlik omili sifatidagi amaliy ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalardan fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tashkil etishda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 9 oktyabrdagi 04-13/1931-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar ijtimoiy-madaniy texnologiyalardan konstruktiv maqsadlarda foydalanish mahallada yashovchi fuqarolarning islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish