Xodjamberdiev Xurshidbek Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda ijtimoiy – siyosiy jarayonlar tarixi (1970 – 1991 yillar) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar102.
Ilmiy rahbar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD. DSc. 03/30. 12.2019. Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblamurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Pasilov Bahodir Abdullaevich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda XX asr 70-91 yillardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning mohiyati va xususiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr 70-80 yillarida sobiq kompartiyaning O‘zbekistonda ijtimoiy hayotni rivojlantirishga qaratilgan siyosati jamiyatda korrupsiya, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini, ijtimoiy muammolarning yanada chuqurlashuviga zamin yaratganligi, mustabid tuzum mafkurasi o‘z mohiyatiga ko‘ra mahalliy aholi turmush darajasini oshirishdan manfaaatdor emasligi isbotlangan;
O‘zbekiston iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham sobiq Ittifoqda oxirgi o‘rinlardan birini egallab, paxta yakkahokimligi respublika iqtisodiyotini, butkul izdan chiqarib, ishlab chiqarilayotgan paxta mahsuloti adolatsiz narx siyosati tufayli ijtimoiy-iqtisodiy ahvol yildan-yilga og‘irlashib borganligi, shuningdek, tomorqa erlarining kamayishi qishloqda ishsizlar sonining ko‘payishiga olib kelib, pirovardida ijtimoiy-siyosiy inqiroz uchun zamin etilib kelayotganligini anglatganligi asoslangan;
O‘zbekistonda XX asrning 80 yillar o‘rtalarida sobiq ittifoq rahbariyatining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan “qayta qurish” siyosati oqibatida respublika hayotida tanglik holati chuqurlashib, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarish samaradorligi, ayniqsa, aholining turmush darajasi muttasil ravishda pasayib borganligi dalillangan;
Markaz tomonidan maxsus uyushtirilgan “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” O‘zbkiston jamiyatida qonunbuzarliklar, o‘zbek xalqining sha’ni va izzat nafsining qo‘pol ravishda toptalishi, respublikada millatlararo ziddiyatlarni yanada keskinlashishi, oxir-oqibat hukmron mafkura va mustabid tuzum inqiroziga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek xalqining totalitar kommunistik g‘oya, “turg‘unlik” siyosati va yakkahokim partiya tomonidan asoratga solinishi, xalqning milliy mustaqillik uchun kurashi kabi yangi tahlillar va xulosalardan quyi partiya tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 9 apreldagi 01-193-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari milliy g‘oyani targ‘ib qilish va shu asosda yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda XX asrning 70-80 yillarida keskin tus olgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, jamiyatda inson xuquq va erkinliklarining cheklanishi, iqtisodiy hayotda muammolarning yuzaga kelishi, aholi turmush darajasining yomonlashuviga doir olingan ilmiy natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan targ‘ibot dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 26 iyundagi 01/021-839-19-son ma’lumotnomasi). Materiallar aholi ma’naviyatini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarda tarixiy ong va dunyoqarashini shaklantirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari mazmunini oshirishga imkon bergan;
tadqiqotning XX asr 70-80 yillarida O‘zbekistondagi millatlararo ziddiyatlarning yuzaga kelishi, Farg‘ona va O‘sh voqealari asl mohiyatini yangi materiallar va qarashlar asosida taxlil etish orqali o‘rganilgan muammo bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy xulosalardan Qo‘mita qoshidagi milliy – madaniy markazlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ishtirokini yanada kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 31 oktyabrdagi
01-09-1916-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan ilmiy natijalar milliy-madaniy markazlar faoliyati bilan bog‘liq turli millat vakillarining madaniyat fan va ta’limni rivojlantirish borasidagi hamkorligini yoritishga xizmat qilgan.