Namazova Yulduz Muzaffarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim falsafasi», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal237.
Ilmiy rahbar: Fayzixodjaeva Dilbar Irgashevna falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Rustam Shodiev falsafa fanlari doktori, professor; Do‘stmurod Norqulov falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim falsafasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan nazariy omillarni o‘rganishga qaratilgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ta’lim dasturi, ta’limni idrok etish orqali o‘rganish zaruriyati tanqidiy tahlil metodi orqali isbotlangan;
Turkiston ta’lim tizimida namoyon bo‘lgan gender tengligi xususan, xotin-qizlarni ilmga jalb qilish va ularni jamiyatda o‘z o‘rnini belgilash borasidagi islohotlarining zarurati asoslangan;
Turkiston ta’lim tizimida diniy va dunyoviy ilmlarning uyg‘unligi, o‘sha davrda jadidlarning dinga munosabati, maktab va madrasalarda ta’lim berish tizimini dunyoviy ilmlar berish asosida isloh qilish tamoyillari dalillangan;
Turkiston ta’lim konsepsiyasini, tarixiy ilmiy merosini o‘rganish asosida hozirgi kunda yoshlarni zamonaviy ilmlarni egallashga jalb qilish, ta’limni maqsadli yunaltirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim falsafasini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ta’lim dasturi, tamoyillari, maqsadi va vazifalariga oid xulosalardan yoshlarni jadidlar ma’rifiy merosining ilmiy ahamiyati bilan yaqindan tanishtirishga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 4 iyuldagi 04-13/3072-son ma’lumotnoma. Natijada, tadbir ishtirokchilarining Turkiston jadidlarining ta’lim dasturi, tamoyillari, maqsadi va vazifalari yuzasidan ilmiy-nazariy bilimlarini oshirishga erishilgan;
jadidlarning gender tengligi bo‘yicha qarashlari, O‘zbekistonda xotin-qizlarni ilmga jalb qilish va ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (570RAS1002-Enhancing Girls' and Women's Right to Quality Education through Gender Sensitive Policy Making, Teacher Development and Pedagogy in South, Southeast, and Central Asia) “Gender ta’lim” mavzusidagi xalqaro amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 dekabrdagi №89-03-4824-son ma’lumotnomasi). Natijada, jadidlarning gender tengligi bo‘yicha qarashlari O‘zbekistonda xotin-qizlarni ilmga jalb qilishga xizmat qilgan;
Turkiston jadidlarning din va dunyoviylik uyg‘unligi konsepsiyasidan O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikni ta’minlashdagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan “Jahon falsafasi qomusi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2019 yil 4 iyuldagi №14-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
Turkiston jadidlarning ta’lim konsepsiyalari, tarixiy ilmiy merosini o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish” bo‘yicha loyihasining ijrosi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2019 yil 27 dekabrdagi 01/11-01/01-2696-son ma’lumotnomasi). Natijalar xalq ta’limi tizimi o‘quvchilarini jadidlar ilmiy merosi bilan yaqindan tanishtirishga hamda davlat idoralari va jamoatchilik institutlarini ta’lim tizimi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.