Nuriddinov Abdulvohidxon Orifxo‘jaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxdumi A’zam Kosoniyning ijtimoiy-axloqiy qarashlarining ahamiyati», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2018.1. (PhD) Fal162.
Ilmiy rahbar:  Hoshimxonov  Mumin, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori.                                         Zoxidov Abduqodir, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maxdumi A’zam ilmiy-ma’naviy merosi, undagi ijtimoiy-axloqiy g‘oyalarning barkamol avlodni insonparvarlik tamoyili asosida tarbiyalashdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:     
Markaziy Osiyodagi XV va XVI asrlar ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy tanazzuli davrida Mahdumi A’zam tasavvufiy merosi misolida naqshbandiya tariqatiga xos, ma’naviy rivojlanishda muhim uch qoida «ixvon – makon – zamon» tushunchalariga «xon» qoidasini joriy etib, ijtimoiy himoya tizimida adolat tamoyilini kiritgani isbotlangan; 
Markaziy Osiyo tarixida Xoja Muhammad Porso va Xoja Ahror Valiy tasavvufiy ta’limotidagi siyosat, davlat, adolat, axloq masalalari Mahdumi A’zamning «Zubdat us-solikin va tanbiyat-us – salotin» asarida ijtimoiy guruxlarni konsensus – murosaga keltirish prinsipini rivojlantirgani hamda yangi darajada talqin qilgani dalillangan; 
Maxdumi A’zamning «Odob us-solikin» va «Ganjnoma» asarlaridagi tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik, bag‘rikenglik, gumanistik qadriyatlarni asrash, bilim olishga intilish g‘oyalarining tasavvufdagi «Tavhid», «Haq», «Ruh», «Qalb» tushunchalari bilan uyg‘unligi aniqlangan;
Maxdumi A’zam ijtimoiy-axloqiy qarashlarida markaziy o‘rin egallagan insonparvarlik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik va mas’uliyatlilik to‘g‘risidagi g‘oyalari yosh avlodni barkamollik ruhida tarbiyalashda muhim tamoyillar ekanligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maxdumi A’zam ma’naviy merosi va uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Maxdumi A’zam Kosoniy ma’naviy merosida ijtimoiy-falsafiy, ilmiy-madaniy, ma’naviy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, didaktik-ta’limiy va ma’rifiy qarashlarining ildizlari shaxs va jamiyat, ijtimoiy adolat va tenglik, bag‘rikenglik, oila va nikoh masalalariga oid ilmiy xulosalaridan Jizzax viloyati «Istiqbol» mintaqaviy tadqiqot markazidagi 46-11/50 raqamli «Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish» mavzuidagi grant loyihasining «Ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimli tahlil etish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish» deb nomlangan 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89-03-926 sonli ma’lumotnomasi). Bu esa «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi»da hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamoatchilik nazoratini olib borishning samarali mexanizmlarini va amaliyotini rivojlantirishga xizmat qilgan;
mutafakkirning hayot yo‘li, ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, naqshbandiya tariqatining rivojlantirishdagi ilmiy-amaliy faoliyati, ilmiy asarlarining ahamiyati, ijtimoiy-axloqiy qarashlarining o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib beruvchi materiallar, alloma asarlarining namunalari (qo‘lyozmalar), mutasavvif merosi haqidagi ilmiy xulosalari Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi va uning filiallarida ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini va muzey fondini yangi ma’lumotlar bilan boyitish asosida Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida amaliyotga tadbiq etilgan. (Madaniyat vazirligining 2017 yil 27 oktyabr-dagi 01-11-08-5280 – sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tadqiqot natijalari Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi “Hujjatlar va fonoteka” fondini boyitgan;   
Maxdumi A’zamning ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalari asosida hosil qilingan xulosa hamda ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalardan Namangan viloyatida tashkil etilgan «Millatlararo totuvlik yuksak qadriyat», «Bir oilada ezgu maqsadlar sari» dasturi ssenariysini tuzish va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 25 avgustdagi 03/04-1156 sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalar, yoshlar va aholi ongida millatlararo totuvlik, o‘zaro hamjihatlik, qo‘shni xalqlar bilan milliy va diniy ahillik, tolerantlik kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishga zamin yaratilgan.
insonparvarlik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik va mas’uliyatlilik to‘g‘risidagi g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan ma’naviy barkamol insonni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasidagi  yoshlarni ijtimoiy barqarorlikka tahdid solayotgan illatlarga qarshi tura oladigan qilib tarbiyalashga oid  vazifani amalga oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy loyihalar ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining 2020 yil 25 sentyabrdagi 04-13/2368 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar o‘rtasidagi ma’naviy-axloqiy inqiroz tamoyillari, mafkuraviy tahdidlarga qarshi ma’rifiy kurash, ajdodlar ma’naviy merosini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni mazmunan boyishiga, yoshlar axloqiy madaniyatini shakllantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish