Narziev Zubaydillo Ibodilloevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hujviriy ta’limotining antropologik va gnoseologik asoslari», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal73.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hujviriy ta’limotidagi antropologik va gnoseologik qarashlarni ilmiy-nazariy jihatdan hozirgi davr uchun muhim bo‘lgan masalalarni aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hujviriyning gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy ma’naviy merosi, mutasavvifning tasavvuf va ilk tasavvuf tariqatlar nazariyotchisi ekanligi, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasiga aloqador bilish faoliyatiga, tasavvuf tarixini yoritishga, hadislarning ratsional sharhiga, islom huquqini asoslashga oid jihatlari isbotlab berilgan; 
Hujviriy ilmiy merosining «sof inson» – yangi irfoniy faol shaxs modelini shakllanishiga olib kelgan ta’limotidagi inson kamolotiga to‘siq bo‘lib hisoblangan madar – loy, kadar – loyqalik va o‘n bir bosqichli hijoblardan qutulish orqali safo – soflikka erishish kabi tasavvufiy tushunchalarning ekzistensial mohiyati ochib berilgan; 
Hujviriy komil insonga mutlaq mukammal reallik sifatida yondashib, ushbu muammo echimida inson borlig‘iga aloqador aql, ruh, qalb, nafs tarbiyasi va jismoniy rivojlanish konsepsiyasini ilgari surganligi metodologik yondashuv orqali asoslangan;
Hujviriyning «Kashf ul maxjub» asaridagi ilm o‘rganish, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal birligi hamda mas’uliyatlilik haqidagi g‘oyalari yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda muhim tamoyillar ekanligi mantiqiy jihatdan asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Hujviriy ta’limotining antropologik va gnoseologik asoslarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Hujviriy ilmiy merosidagi «sof inson» – yangi irfoniy faol shaxs modelini shakllanishiga olib kelgan ta’limotining tasavvufiy-falsafiy mohiyati, mutasavvif ta’limotiga asoslangan insonning tana, ruh, nafs va qalb tarbiyasi orqali ma’naviy-jismoniy rivojlanish konsepsiyasi kabi ilmiy-nazariy xulosalaridan 44-20/60 raqamli «Buxoro hunarmandchiligi dunyo nigohida» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 89-03-2732-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksalishi, mafkuraviy immunitetning shakllanishi va falsafiy mushohadasining kengayishiga erishilgan; 
Hujviriyning gumanistik g‘oyalarga asoslangan boy ma’naviy merosi, mutasavvifning tasavvuf va ilk tasavvuf tariqatlar nazariyotchisi ekanligi, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasiga aloqador jihatlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalari va yangiliklaridan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Tasavvuf ilmi maktabi» hamda Mir Arab oliy madrasasi talabalari uchun «Tasavvuf nazariyasi», «Tasavvuf» kurslaridan o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitaning 2020 yil 22 iyuldagi 3976-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Hujviriyning  tasavvuf va ilk tariqatlar nazariyotchisi ekanligi, mutasavvifning tasavvuf gnoseologiyasi, ratsional va irratsional bilishning aloqadorligi bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy xulosalar chiqarishga erishilgan; 
«sof inson» – yangi irfoniy faol shaxs modelining mohiyati haqidagi ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2020 yil 19 maydagi 02/130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodda islom dini va tasavvuf to‘g‘risida, islom dini niqobi ostidagi buzg‘unchi diniy-ekstremistik oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi borasida ko‘nikmalarning shakllanishiga xizmat qilgan; 
«komil inson», «sof inson» kabi kamolot darajasigacha yuksalishi masalasi, komil inson konsepsiyasi, o‘zlikni anglash, ilm o‘rganish, jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal kabi ilmiy yangiliklar, amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-sonli «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan o‘tkazilgan «Biz ma’rifatli islom tarafdorimiz!» shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlarning ssenariylarini tayyorlash va amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 9 iyuldagi 02/07-640 sonli ma’lumotnomasi). Natijada jaholatga qarshi ma’rifat, ilm va amal, ma’naviy barqarorlikka erishish kabi profilaktik tadbirlarda yuqori natijalarga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish