Yusupova Gulara Ataxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanish metodikasi (o‘zbek tili mashg‘ulotlarida “Savodxon” elektron-ta’lim resurslari misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1431.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muhitdinova Xadicha Sabirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Babajanov Farxad Kurbanbaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini aralash ta’lim vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasining nazariy jihatlari an’anaviy va elektron ta’lim integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishga mos o‘quv-metodik ta’minoti aralash ta’lim tamoyillariga (aniq nazariy ma’lumotlarga asoslanish; ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik; ta’limning shaffofligi) ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan; 
o‘zbek tili va o‘zbek adabiyoti namunalari jamlangan modullar o‘quv materiallarini tanlash mezonlari (leksika va grammatikadagi bo‘shliqlarni aniqlash, qardosh tillarning mushtarak xususiyatlari, adabiy o‘qish materiali), “Hazil diktant” va fol`kloroterapiya kabi usullar vositasida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanishning tanishuv, ijodiy qism, baholash bosqichlari, o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash texnologiyalari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. 
O‘zbek tili mashg‘ulotlarida bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limni tatbiq qilish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek tilini o‘qitish metodikasining nazariy jihatlarini an’anaviy va elektron ta’lim integratsiyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 fevraldagi 89-03-522-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif bo‘lajak pedagoglarda lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish jarayoniga aralash ta’limni samarali tatbiq etish imkonini bergan; 
bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’lim tamoyillariga ustuvorlik berilgan o‘quv-metodik ta’minoti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi faoliyatida foydalanilgan (Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2020 yil 19 martdagi 30/13-3-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat tashkilotlarining boshqaruv xodimlari, mutaxassislari, o‘zbek tilini amaliy jihatdan o‘rganuvchilar uchun o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan;
o‘zbek tili va o‘zbek adabiyoti namunalari jamlangan modullar o‘quv materiallarini tanlash mezonlari (leksika va grammatikadagi bo‘shliqlarni aniqlash, qardosh tillarning mushtarak xususiyatlari, adabiy o‘qish materiali) “Hazil diktant” va fol`kloroterapiya kabi usullar vositasida takomillashtirishga doir takliflaridan o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tilini o‘qitishda samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1152-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif fan mazmunining boyishiga xizmat qilgan; 
bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanishning tanishuv, ijodiy qism, baholash bosqichlari, o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash texnologiyalari bo‘yicha takliflari “Savodxon” mobil` ilovasi, “Imlo qoidalarini o‘rganamiz” elektron o‘quv nashri mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1151-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif ta’lim oluvchilarning o‘zbek tilida gapirish, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikma-malakalarini nazorat qilish, baholash va rivojlantirish imkoniyatini oshirgan hamda xorijdagi vatandoshlar, chet ellik mutaxassislarga o‘zbek adabiy tili me’yorlarini onlayn va offlayn o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish