Nizamedinxodjaev Ulug‘bek Ruslanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik» 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu123.
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich,yuridik fanlari doktori, dotsent; Umarxanova Dildora Sharipxanovna,yuridik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik, jamoat xavfsizligini ta’minlash va xalqaro huquqiy normalarni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro munosabatlarning turli sohalaridagi integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayib borayotganligi sharoitida strategik hamkor xorijiy davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikka kirishishi uchun zarur bo‘lgan qoidalari, penetensiar tizimlari va xalqaro xamkorlikni takomillashtirish tamoyillari asoslab berilgan;
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati asoslantirilgan;
jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida xalqaro hamkorlik qilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatini belgilash asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining favqulodda holat, alohida davr va terrorchilikka qarshi operatsiyalarda xavfsizlikni ta’minlashdagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik, uni tartibga soluvchi milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy normalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikka kirishish uchun zarur bo‘lgan qoidalar, penetensiar tizimlar va xalqaro xamkorlikni takomillashtirishga doir konseptual g‘oya va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy texnik institutining «Jazoni o‘tash rejimini tashkil etish (Yurisprudensiya)» mutaxassisligi kursantlari uchun «Jinoyat ijroiya huquqi» darsligi (XIV-Bob. Xorijiy davlatlarning penitensiar tizimlari)da o‘z ifodasini topgan(Oliy va o‘rta axsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i). Natijada, ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlarning, yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishidagi tinglovchi va talabalar, magistrant va amaliyot xodimlarining bilim, o‘quv va ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan;
jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish vakolatiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi O‘RQ-542-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 32-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi O‘RQ-419-son «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni 9-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 24 iyundagi 06/1-05/1722 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlarini belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 23 maydagi O‘RQ-542-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining 32-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi O‘RQ-419-son «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni 11-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 24 iyundagi 06/1-05/1722 vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
xalqaro hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faoliyat yo‘nalishlarini belgilashga oid takliflar «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizmida xalqaro xamkorlikni tashkil etish tartibi haqidagi vaqtinchalik Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizmida xalqaro xamkorlikni tashkil etish tartibi haqidagi vaqtinchalik Yo‘riqnoma»ning 1-bobi 3-bandida va 7-ilovasini ishlab chiqishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2020 yil 2 iyundagi2290-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoyatchilikka qarshi kurashishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida xalqaro hamkorlikni tashkil etish tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan.