Shapulatov Utkirjon Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyning zamburug‘li kasalliklariga chidamliligini oshiruvchi tabiiy va sintetik induktorlar», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/V357.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/05.06.2020.V.91.03.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mikrobiologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bug‘doyning zamburug‘li kasalliklarga chidamliligini oshiruvchi va Fuzarium zamburug‘i kasalligiga samarali ta’sir etuvchi induktorlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bug‘doyning o‘sishi va rivojlanish bosqichlarida hamda doni tarkibini molekulyar-genetik yondashuvlar asosida fuzarioz kasalligini keltirib chiqaruvchi Fuzarium zamburug‘ining F.oxyporium, F.paoe turlari aniqlangan;
bug‘doy nihollari va donida aniqlanilgan Fuzarium zamburug‘iga GKning Tiadiazol, aminotriazol, benzotriazol bilan supramolekulyar va mikroelementi komplekslarining samarali ta’siri aniqlangan;
GK asosli komplekslarni zamburug‘li kasalliklarga qarshi ta’sir etish xususiyatlari bilan birga bug‘doyning tashqi ta’sir etuvchi omillarga chidamliligini oshirishdagi induktorlik xususiyatlari isbotlangan;
fuzarium zamburug‘iga samarali ta’sir etuvchi va bug‘doyning zamburug‘li kasalliklariga nisbatan chidamliligini oshiruvchi GKning benzatriazol bilan birga GK-BT supramolekulyar va mikroelementli kompleksi asosida esa CupraGK hamda TGK asosida CupraTechGK preparatlari yaratilgan;
GK asosli supramolekulyar (GK-BT) va TGK asosli mikroelementli (CupraTechGK) komplekslarni fuzarium zamburug‘iga ta’sirini molekulyar-genetik tahlil qilish asosida bug‘doyni zamburug‘li kasalliklarga chidamliligini oshiruvchi induktor sifatida baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bug‘doyning o‘sishi va rivojlanishiga va zamburug‘li kasalliklariga samarali ta’sir etuvchi induktorlar ta’sirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GK-BT preparati Sirdaryo viloyatining Sayxunobod va Boyovut tumanlarida g‘alla maydonlarida bug‘doyni zang zamburug‘idan himoya qilishda Bayleton kommersial preparati bilan solishtirish asosida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 02/021-3915-son ma’lumotnomasi). Natijada, kommersial preparat Bayletonga nisabatan zamburug‘li kasalliklar bilan zararlanishni 10–15%gacha kamaytirish, bug‘doy hosildorligini gektariga 6,5–7,0 sentrga oshirish imkonini bergan;
CuproTechGK, va GK-BT preparatlari PZ-2017092765 raqamli “Shirinmiya ildizpoyasidan ajratilgan glisirrizin kislotasi asosida bug‘doyning o‘sishini muvofiqlashtiruvchi, fungisidlik xususiyatiga ega bo‘lgan preparat yaratish va olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada bug‘doy donlariga ekishdan oldin ishlov berish va vegetativ rivojlanish bosqichlarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 oktyabrdagi 89-03-4079-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning mahsuldor poyalar sonini 1 metr kvadratda nazoratga nisbatan 1,21 martaga, hosildorligini esa gektariga 7,5–8,0 sentnerga oshirish imkonini bergan;
GK-BT supramolekulyar kompleksi S-A-2018-005 “Sho‘rga chidamli o‘simliklar genofondini boyitish, saqlash, reproduksiya olish va undan ishlab chiqarishda foydalanishni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi amaliy loyihada o‘simliklarni zamburug‘li kasallikardan saqlash va himoya qilishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-01-4341-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba va dala maydonlarida o‘simlik namunalarini zamburug‘li kasalliklardan saqlash va himoya qilish imkoniyatini bergan.