Abduraxmonov Eldor Baratovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «FAU va 5A tipidagi sintetik seolitlarda qutbli, qutbsiz va kvadrupol` molekulalar adsorbsiya mexanizmlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/K93.
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Hamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 5A va FAU tipidagi sintetik seolitlarda bug‘ va gaz holatlaridagi qutbli, qutbsiz va kvadrupol` molekulalarning adsorbsiya izotermalari, differensial issiqliklari, entropiyalari va termokinetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Na+ va Li+ kationlari bo‘lgan FAU tipidagi seolitlarda ammiak va benzol molekulalari, Sa+2 va Na+ kationlari bo‘lgan 5A tipidagi seolitlarda suv va karbonat angidrid molekulalari adsorbsiyasining to‘liq termodinamik tavsiflari (N, G va S), izotermalari mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasi (MHTN) ikki va uch hadli matematik tenglamalari asosida isbotlangan;
FAU tipidagi seolitlarda ammiak va benzol, 5 A seolitlarida suv va karbonat angidrid molekulalari adsorbsiya issiqligi to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lishi aniqlangan;
FAU tipidagi sintetik seolitlarning SII bo‘shlig‘ida benzol adsorbsiya issiqligi doimiy bo‘lishi aniqlangan;
FAU tipidagi X, Y va LSX seolitlari bo‘shliqlarida ammiak gazi va benzol bug‘i adsorbsiya miqdorlari hisoblanganda NaX da 8 ta, NaY da 7 ta, NaLSX da 12 ta Na+ kationlari, LiX da 10,75 ta, LiY da 6,87 ta va LiLSX da 12 ta Li+  kationlari borligi aniqlangan;
gil minerallari bilan boyitilgan SaA2 seoliti SaA1 seolitiga nisbatan suvni ko‘proq adsorbsiya qilishi isbotlangan;
5 A tipidagi seolitlarda uglerod (IV) oksidi seolit bo‘shliqlaridagi qarama-qarshi joylashgan SIII va SI, hamda SII va SI dagi kationlarini bir-biri bilan tutashtirishi aniqlangan;
FAU seolitlarida adsorbsiya jarayonida geksoganal prizma hamda sodalit bo‘shliqlaridan superbo‘shliqga Na+, Li+ kationlari, 5A seolitlarida ham sodalit bo‘shliqlaridan superbo‘shliqlarga Sa2+ va Na+ kationlarining ko‘chishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
FAU va 5A tipidagi seolitlarning adsorbsion mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sintetik seolitlarda adsorbsiyaning to‘liq termodinamik tavsiflari (N, G va S) bo‘yicha olingan ma’lumotlar FA-F7-012 raqamli «Polifunksional ta’sirli qator metallarning yangi aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksiya qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari» loyihasida koordinatsion birikmalarning differensial issiqligi va stixiometrik o‘lchamlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 24 noyabrdagi 4/1255-2609-son ma’lumotnomasi). Natijada, koordinatsion birikmalarni differensial issiqliklari, stexiometrik o‘lchamlarini aniqlash imkonini bergan;
X va LSX tipidagi seolitlar analoglari “Chinoz NQIZ”da neft` xomashyolari, yarim mahsulotlari va tayyor mahsulotlari tarkibidagi benzol, turli xil aromatik uglevodorodlar gomologlari va oltingugurtli birikmalardan tozalashda joriy etilgan («O‘zbekneftmahsulot» AJning 2019 yil 28 iyundagi 20/11-655-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni qayta ishlash jarayonidan chiqadigan aromatik birikmalar, ularning gomologlaridan va boshqa qo‘shimcha moddalardan 8–10 barobar samarali tozalab olish imkonini bergan. 
Y tipidagi sintetik seolitlari analoglari “Chinoz NQIZ”da Evro-5 standartlariga mos keluvchi yuqori oktanli benzin olishda joriy etilgan («O‘zbekneftmahsulot» AJning 2019 yil 28 iyundagi 20/11-655-son ma’lumotnomasi). Natijada, Evro-5 standartlariga mos keluvchi benzin olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish