Tursunov Toxir Xodjaakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirish uchun elektrshlak pechining konstruksiyasini takomillashtirish»,05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T724.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor;Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirish jarayonida resurstejamkorlikni ta’minlaydigan elektroshlak pechining konstruksiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektroshlak pechining grafit elektrodli texnologiyasi va konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
elektr o‘tkazuvchi material sifatida koksdan foydalangan holda elektroshlak pechida alyuminiy suyuqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
grafit elektrodli elektroshlak pechi vannasining konstruksiyasiishlab chiqilgan;
grafit elektrodli elektroshlak pechining metallkonstruksiyasi ishlab chiqilgan;
elektroshlak pechining elektrodining konstruksiyasiissiqlik almashinuvi asosida takomillashtirilgan;
alyuminiy qotishmalarini elektroshlak pechida suyuqlantirishda elektr o‘tkazuvchan material sifatida qo‘llaniladigan koksningo‘lchamlarielektr o‘tkazuvchanligi asosidaoptimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirish uchun elektrshlak pechining konstruktsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
elektrshlak pechining grafit elektrodli texnologiyasi va konstruksiyasi “Olmaliq KMK” AJning Markaziy mexanika ta’mirlash zavodiga joriy etilgan (“Olmaliq KMK”ning 2020 yil 5 iyundagi 63-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, resursning kuyish natijasidagi yo‘qotishlari 12-14% ga kamayishiga erishilgan;
elektr o‘tkazuvchi material sifatida koksdan foydalangan holda elektrshlak pechida alyuminiy suyuqlantirish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJning Markaziy mexanika ta’mirlash zavodiga joriy etilgan (“Olmaliq KMK”ning 2020 yil 5 iyundagi 63-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, pechning ishchi xajmi va uning ish unumdorligi 12-14% ga oshirilishiga erishilgan;
grafit elektrodli elektrshlak pechi vannasining konstruksiyasi “Olmaliq KMK” AJning Markaziy mexanika ta’mirlash zavodiga joriy etilgan (“Olmaliq KMK”ning 2020 yil 5 iyundagi 63-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaroqli metallning chiqishi shlaklanishning kamayishi hisobiga 1,3-1,5 martaga oshirilishiga erishilgan;
grafit elektrodli elektrshlak pechining metallkonstruksiyasi “Olmaliq KMK” AJning Markaziy mexanika ta’mirlash zavodiga joriy etilgan (“Olmaliq KMK”ning 2020 yil 5 iyundagi 63-209-son ma’lumotnomasi). Natijada, pech futerovkasining xizmat muddati 5-6% ga oshirilishiga erishilgan.