Musaeva Muxayyo Mirxotamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Trikotaj to‘qimalarining yangi tuzilishlarini olish hisobiga uning sifatini yaxshilash va xom ashyo sarfini kamaytirish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T106.
Ilmiy rahbar:Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlapi doktopi, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari nomzodi,dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish usullarini ishlab chiqish hisobiga mahsulotning sifatini yaxshilash va xom ashyo sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining yangi assortiment turlari va samarali olish usullari yaratilgan;
ikki qatlamli trikotajda qatlamlarni biriktirish usulini texnologik ko‘rsatkichlar va fizik-mexanik xususiyatlarga ta’sir etish qonuniyatlari aniqlangan;
trikotaj mashinasini ignadoniga bir me’yorda ip berishni ta’minlash maqsadida oraliq to‘plagichli ip beruvchi moslama takomillashtirilgan;
mavjud va tavsiya etilgan moslamalarda ip berish jarayonini barcha bosqichlarida ip tarangligi o‘zgarishining matematik modeli ishlab chiqilgan hamda uning qonuniyatlarining echimlari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ikki qatlamli va ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimalarini olishning yangi samarali usulini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
arqoqli trikotajni olish usuli uchunO‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan arqoqli trikotajni olish usuli”, № IAP 06000-2019y.). Natijada, trikotaj to‘qimasi sifatini yaxshilanishi va trikotaj mashinalarining ish unumdorligini oshishi imkoniyati yaratilgan;
futer-arqoqli trikotajni olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan futer-arqoqli trikotajni olish usuli”, № IAP 06002-2019y.). Natijada, trikotajning shaklbarqarorligi va issiqlikni saqlash xossalari oshgan;
yassi ignadonli trikotaj mashinasida donali trikotajni olish usuli uchunO‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Yassi ignadonli trikotaj mashinasida tukli to‘qima asosida donali trikotajni olish usuli”, № IAP 06139-2020y.). Natijada, chiqindilarning kamayishi hisobiga ishlab chiqarish samaradorligi oshishi hamda mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi imkoniyatlari yaratildi;
ikki qatlamli trikotaj olishning yangi usuli uchunO‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Ikki qatlamli trikotaj”, FAP 01480-2020y.). Natijada, ikki qatlamli trikotaj qatlamlarini o‘zaro birlashtirish qo‘shimcha ip yordamida lastikli to‘qilish qatori orqali amalga oshirilishi hisobiga trikotajning shakl saqlash xususiyati ortgan;
xom ashyo sarfi kam bo‘lgan ikki qatlamli va ikki qatlamli arqoqli trikotaj to‘qimalarini olishning yangi samarali texnologiyasi “Flatnit Textile” MChJ, “Sedat trikoTashkent” MChJ QKda joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining2020 yil 26 iyundagi 04/18-1661-sonma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy korxonalarda import o‘rnini bosuvchi, shuningdek, eksportga yo‘naltirilgan, xom ashyo sarfi 10,7% ga kam bo‘lgan va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish