Aliqulov Sherali Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neytron nurlanishining yadro reaktorikonstruksion materiallarining issiqlik- va elektrofizik xususiyatlariga ta’siri», 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/FM183.
Ilmiy rahbar: Baytelesov Sapar Akimovich,fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Abduraxmanov Gulmurza, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Fizika-texnika instituti “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neytron nurlanishining yadro reaktori konstruksion materiallari SAV-1 va AMG-2 qotishmalarining issiqlik va elektrofizik xususiyatlariga ta’sir qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neytron flyuenslarining 1016-1020 n/sm2oralig‘idaSAV-1 konstruksion qotishmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi radiatsiya ta’siri natijasida intermetal fazalarning bo‘linishi va SAV-1 qotishmasiga legirlangan elementlarning ko‘payishi sababli 20% ga kamayishi aniqlangan;
SAV-1 va AMG-2 qotishmalari uchun Debay temperaturalarining 406 K va 408 Kga tengligi aniqlangan va bu sof alyuminiy uchun Debay temperaturasiga (394 K) yaqinligi ko‘rsatilgan;
SAV-1 va AMG-2 konstruksion qotishmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi va Videman – Frans koeffisientining1020 n/sm2 gacha bo‘lgan neytronlar flyuensiga chiziqli bo‘lmagan bog‘liqligi Gin`e-Preston zonasi ko‘rinishida matrisa bilan uzviy bog‘langan qo‘shimcha Mg2Si fazalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
neytron bilan nurlantirilgan SAV-1 qotishmasining elektr qarshiligi 290 K dan 500 K gacha bo‘lgan temperaturalar oralig‘ida kristall panjarada hosil bo‘lgan nuqsonlar tufayli tashuvchilarning qo‘shimcha sochilishi xisobiga oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neytron nurlanishining yadro reaktori konstruksion materiallarining issiqlik va elektrofizik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
SAV-1 qotishmasini tez neytronlar oqimi bilan 1020 n/sm2 gacha nurlantirilganda issiqlik o‘tkazuvchanlik 20% gacha kamayish qonuniyati O‘zRFA Yadro fizikasi institutining VVR-SM ilmiy tadqiqot reaktorida uran-235 ning maksimal yonish darajasini va issiqlik ajratuvchi elementning maksimal ruxsat etilgan temperaturasini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yilning 4 fevraldagi 2/1255-361-sonma’lumotnomasi). Natijada,qo‘llanilishi yadro yoqilg‘isidagi uran-235 ning yonish darajasini 65% gacha uzaytirish imkonini bergan;
SAV-1 va AMG-2 konstruksion qotishmalar uchun Debay temperaturasi va SAV-1 konstruksion qotishmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi va Videman – Frans koeffisientini bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha natijalar FA-Atex-2018-(175+170) raqamli «VVR-SM yadro reaktorini parametrlarini nazorati va yoqilgi davrlarini eng kulay shart-sharoitlarini metodlarini ishlab chikarish» (2018-2020) amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yilning 4 fevraldagi 2/1255-361-son ma’lumotnomasi). Natijada,VVR-SM ilmiy tadqiqot reaktori kanallaridagi tez neytronlar oqimining zichligini aniqlash imkonini bergan;
290 K dan 500 K gacha bo‘lgan temperaturalar oralig‘ida neytron bilan nurlantirilgan SAV-1qotishmasining elektr qarshiligi chiziqli bo‘lmagan oshishi Koreya Respublikasi Xanoro reaktorida foydalanilgan (Koreya Atom energiyasi ilmiy tadqiqot institutining 2019 yilning 2 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada, nurlantirilgan namunalardagi tez neytronlar flyuenslarini aniqlash imkonini bergan.