Xasanov Xayrullo Narullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotning korporativ sektoriga kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilish amaliyotini takomillashtirish”,08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Iqt988.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Qurbonov Javlon Jo‘rabekovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kapital bozoridan iqtisodiyotning korporativ sektoriga moliyaviy resurslarni jalb qilish amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilishda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirish gibrid instrumentlardan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
investision loyihalarni moliyalashtirish imkoniyalarini oshirishda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan jalb qilingan kapital qiymati o‘rtacha tortilgan qiymat va riskni miqdoriy baholash usullarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
moliyaviy instrumentdan foydalanish samaradorligini baholash usuli qarzdorlikka xizmat ko‘rsatish tavsifidagi xarajatlarni qisqartirish omillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiyotning korporativ sektorida faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga korporativ obligatsiyalarni emissiya qilish huquqini berish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijasida dissertant tomonidan ishlab chiqilib taklif etilgan, kapital bozorida korporativ sektor tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy resurslarni jalb qilish samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuv va moliyaviy resurslarni jalb qilishning gibrid usuli “Mezonin” moliyalashtirishga nisbatan sinovdan o‘tkazish bo‘yicha taklifi “Kapital sug’urta” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kapital sug’urta” AJning 2020 yil 5 maydagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash tartibi takomillashtirilgan hamda moliyaviy resurslarni jalb qilishning innovatsion usuli ishlab chiqilgan;
korporativ sektor tomonidan kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilishning takomillashgan uslubiy qoidalarini amaliyotda qo‘llash orqali sug‘urta kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirish tartibi bo‘yicha taklifi “Kapital sug’urta” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kapital sug’urta” AJning 2020 yil 5 maydagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyati faoliyatini kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga qo‘shimcha 1200,0 mln.so‘m mablag‘ jalb qilishga erishilgan;
“qarzdorlikka xizmat ko‘rsatish xarajatlari” omilini hisobga oluvchi, moliyaviy vositaning samaradorligini hisoblash bo‘yicha takomillashgan formulani amaliyotga joriy etishga doir taklifi “Kapital sug’urta” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kapital sug’urta” AJning 2020 yil 5 maydagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada, kapital bozori orqali jalb qilingan moliyaviy resurslar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarining 10%ga kamayishiga erishilgan;
kapitalbozoridan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish manbalarini optimallashtirish maqsadida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi va “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 22 iyuldagi Qonunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 25 avgustdagi 21/12-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida obligatsiyalar chiqarish talablari sezilarli darajada engillashtirilgan va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga bank kreditlariga muqobil sifatida korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirishni jalb qilish va mamlakat moliya bozorini rivojlantirish imkoniyatlari yaratilgan.