Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Ko‘p tarmoqli xo‘jalik tuzilmalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish(fermer xo‘jaliklari misolida)»,08.00.13 – Menejment, 08.00.04 –Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Iqt774.
Ilmiy rahbar: Kazakov Olim Sabirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Xodjimuxamedova Shoxida Ibragimovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahsulotlar assortimenti bo‘yicha marketing boshqaruvi jarayoniga tizimli yondashishni rivojlantirish va uni amalga oshirishning amaliy instrumentlarini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruvning vertikal va gorizontal aloqalarini samarali tashkil etish imkonini beruvchi chiziqli-funksional boshqaruv tizimidan foydalanish asosida ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarda iqtisodiy faoliyat turlarini diversifikatsiyalashni kengaytirish taklifi asoslangan;
ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi tavsifiga ega bo‘lmagan faoliyat yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha qarorlarni ko‘p mezonli tahlil qilish orqali amalga oshirish taklifi asoslangan;
ko‘p tarmoqli xo‘jaligi tarkibida tashkil etilgan ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini boshqarishning me’yoriy-uslubiy talablari fermer xo‘jaligi rahbarining malaka va ko‘nikma komponentlarini muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
xo‘jaliklarni tashkil etish va rivojlantirish natijasida Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulot hajmi o‘zgarishining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p tarmoqli xo‘jalik tuzilmalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqaruvning vertikal va gorizontal aloqalarini samarali tashkil etish imkonini beruvchi chiziqli-funksional boshqaruv tizimidan foydalanish asosida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy faoliyat turlarini diversifikatsiyalashni kengaytirish taklifiOliy Majlis Qonunchilik Palatasining ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar faoliyatiga oid qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Agrar va cuv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2019 yil 10 dekabrdagi 04/4-05-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishiko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan rivojlantirish omillari va uning mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi tavsifiga ega bo‘lmagan faoliyat yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha qarorlarni ko‘p mezonli tahlil qilish orqali amalga oshirish taklifiOliy Majlis Qonunchilik Palatasining ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar faoliyatiga oid qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan(Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Agrar va cuv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2019 yil 10 dekabrdagi 04/4-05-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur ELESTRE usulidan foydalanishhududlarda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini takomillashtirish va iqtisodiy rivojlantirish imkonini berib, aholi bandligini 21,2 foizga oshishiga olib kelan;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini va uning tarkibida tashkil etilgan ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini boshqarish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomadanOliy Majlis Qonunchilik Palatasining ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar faoliyatiga oid qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan(Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Agrar va cuv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2019 yil 10 dekabrdagi 04/4-05-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishiasosida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining faoliyati tartibga solindi va 2018-2019 yillarda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari samaradorligini 18 foizga oshirishga erishildi;
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish hamda samarali boshqarish istiqbollarini baholash bo‘yicha berilgan takliflari Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklar faoliyatiga oid qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Agrar va cuv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2019 yil 10 dekabrdagi 04/4-05-167-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini tuzishda foydalanilgan.