Babanazarov Kalbay Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Atrof tabiiy muhitni radiatsiya ta’siridan huquqiy muhofaza qilishni takomillashtirish», 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Yu45.
Ilmiy maslahatchi: Matqurbanov Rashid Joldasbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Qoraqalpoqdavlatuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Juma Toshtemirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Safarov Djahongir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Utegenov Ong‘arbay Dariyabaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitni radiatsiya ta’siridan huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni kompleks tahlil qilish asosida ekologiya sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik yondashuvi asosida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashni tartibga solishning imperativ (buyruq) usuli – huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga buyruq bilan ta’sir ko‘rsatish orqali va dispozitiv usul – huquqiy munosabatlarning teng huquqli tomonlari bo‘lgan ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish usullari bilan tasniflash taklif etilgan;
tarkibida radioaktiv moddalar mavjud bo‘lgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar – radiatsiyaviy manbalar sifatida; ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar – radioaktiv moddalar sifatida; foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p miqdordan oshadigan faollik darajasiga ega radionuklidlarni o‘z ichiga olgan har qanday agregat holatidagi materiallar va moddalarni– radioaktiv chiqindilar sifatida belgilash lozimligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilash va uning vakolatlarini mustahkamlash asoslantirilgan;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan yo‘l qo‘yilgan, radiatsiyaviy ta’sir natijasida atrof-muhitga etkazilgan zararning o‘rni atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozimligi hamda zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga davlat boshqaruvi organlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilishi mumkinligini belgilash asoslab berilgan;
sanoat, maishiy va boshqa turdagichiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solish, shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tabiiy muhitga zarar etkazgan bo‘lsa, – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishiga oid sanksiyalarni belgilash asoslab berilgan;
belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir qismidan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish, shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tabiiy muhitga zarar etkazgan bo‘lsa, – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishiga oid sanksiyalarni belgilash asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atrof tabiiy muhitni radiatsiya ta’siridan huquqiy muhofaza qilishni takomillashtirishbo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Chiqindilar va xavfli ashyolar bilan muomala qilishni huquqiy tartibga solish»ga doir konseptual g‘oya va takliflardan “Yurisprudensiya” yo‘nalishi talabalari uchun “Ekologiya huquqi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-243 raqamli guvohnoma). Natijada, ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o‘qituvchilar, shuningdek tabiiy resurslardan maxsus foydalanuvchilar va tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlarining bilim, o‘quv va ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan;
atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida radiatsiyaviy manbalar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar kabi asosiy tushunchalarni qo‘llashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 sentyabrdagi O‘RQ-565-son «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 07/1-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasining atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan asosiy tushunchalarning bir xilda qo‘llanilishiga va mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
atom energeniyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishda maxsus vakolatli organni belgilashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 sentyabrdagi O‘RQ-565-son «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 07/1-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va uning vakolatlarini qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
radiatsiyaviy ta’sir natijasida atrof-muhitga etkazilgan zararning o‘rnini qoplashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 sentyabrdagi O‘RQ-565-son «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining 50-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 07/1-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va uning vakolatlarini qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Ushbu takliflar radiatsiyaviy ta’sir natijasida atrof-muhitga etkazilgan zararning o‘rnini qoplashning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga hissa qo‘shgan;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik normalarini kuchaytirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 07/1-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 911-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 07/1-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishga oid ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.