Mavlyanova Umida Xodjakbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy tilida sonlarning semantikasi: lingvomadaniy tahlil”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1289.
Ilmiy rahbar: Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Ablat, tarix fanlari doktori; Nurmatov Sirojiddin Sultanmuratovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xitoy tilidagi sonlarning takomilida buddizm, konfusiychilik, Dao ta’limoti, milliy madaniyat va dunyoqarashning ta’siri hamda sonlarning lingvomadaniy xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy tilidagi qadimgi va zamonaviy manbalardan to‘plangan dalillar asosida xitoycha son va ramzlar mutanosibligi masalasi, sonlarning xitoy dunyosi lisoniy manzarasida tutgan o‘rni va ahamiyati asoslab berilgan;
xitoy tilidagi birlik, o‘nlik va undan yuqori sonlarning lingvomadaniy ma’nolari aniqlangan;
xitoy tilidagi sonlarning takomilida buddizm, konfusiychilik, Dao ta’limoti, milliy madaniyat va dunyoqarashning ta’siri dalillangan;
hozirgi xitoy tilida sonlarning lingvomadaniy xususiyatlari 597 ta frazeologik birliklar misolida ijobiy 386 ta con va salbiy 211 ta son asosida ifoda etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xitoy tilida sonlarning leksik-grammatik va lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
qadimgi Xitoy numerologiyasi va simvollar mutanosibligi masalasi bilan bog‘liq natijalaridan OT-F1-71 raqamli «Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3363-son ma’lumotnomasi). Natijada ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo bo‘yicha qadimgi xitoy manbalaridagi ma`lumotlar va mintaqa tillariga xitoy tilining ta’siri masalalari yoritib berishga xizmat qilgan;
xitoy tilidagi son so‘z turkumi, sonning leksik-grammatik xususiyatlari, sonning tasnifi, yasalishi masalalari «Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun hozirlangan «Xitoy tili» darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-257-raqamli guvohnoma). Natijada, xitoy tilidagi sonning mustaqil so‘z turkumi sifatida ajratilishi, yasalishi, sonning semantik va grammatik turlari hamda leksik-grammatik xususiyatlariga oid materiallar darslikning tegishli qismini yozishda qo‘llanilgan, xususan, mavzuga doir mashqlar va testlar ishlab chiqishda asos bo‘lgan;
hozirgi xitoy tilida sonni to‘g‘ri qo‘llash va tarjima qilish, yozma va og‘zaki nutqda ifodalash, sonning frazeologik birliklarda qo‘llanilish jihatlari Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutida dars jarayoniga, xususan, «Xitoy tili» fani darslari jarayonida qo‘llanilmoqda (Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2020 yil 12 martdagi 3-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan materiallar o‘quv jarayonida tinglovchilarda sonlarni og‘zaki va yozma muloqotda to‘g‘ri qo‘llash hamda tarjima qilish ko‘nikmasini hosil qilishda xizmat qilgan;
hozirgi xitoy tilida sonlar, ularning semantik maydonlari, qo‘llanishi, tarjima xususiyatlari, lingvomadaniy qirralari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining qator ko‘rsatuv va eshittirishlarida, jumladan, «Mahalla» radiokanalining «Munavvar soatlar» eshittirishi jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» radiokanali DUK, 2020 yil 21 iyuldagi 01-03-324-son ma’lumotnomasi). Natijada, xitoy sonlarini to‘g‘ri qo‘llash, son so‘z turkumini to‘g‘ri talqin qilish, xitoy tilida sonlar ishtirokidagi frazeologik birikmalarni to‘g‘ri tushuntirish haqida savol-javoblar radioeshittirish mazmunini boyitishga va tinglovchilarni xitoy tilidagi sonni tushunish borasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish