Turapova Nargiza Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yapon va o‘zbek tillari somatik frazeologizmlarining chog‘ishtirma tahlili (lingvomadaniy aspekt)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil.247.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonkulovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islamdjanova Xazifaxon, filologiya fanlari doktori, professor; Gurevich Tat`yana Mixaylovna (Rossiya Federatsiyasi) madaniyatshunoslik doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yapon va o‘zbek tillaridagi «atama»/«bosh» muchasiga tegishli somatik frazeologizmlarning semantik uyalarini aniqlab, ikki tildagi «me»/«ko‘z» komponentli somatik frazeologizmlarning ichki shakllarini o‘zaro chog‘ishtirib o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«atama»/«bosh»ning nafaqat inson tanasining tashqi qismlari (a’zolari), balki uning terisini ham o‘z ichiga olgan “somatizm” tushunchasini belgilaydigan ishchi talqini asoslangan;
yapon va o‘zbek tillarida 16 ta leksemalardan iborat «atama»/«bosh» muchasidagi somatizmlarning semantik uyalari aniqlangan hamda mazkur uyalarning chog‘ishtirma o‘rganish asosida ularning muayyan tasavvur bilan bog‘liqlik (assotsiatsiya)lar soni jihatdan ham, ma’no jihatdan ham farqlari asoslangan;
yapon tilidagi «me» (ko‘z) komponentli ‘ko‘z – nigoh ’, ‘ko‘z – hayot qo‘rg‘oni’ va o‘zbek tilidagi «ko‘z» komponenti ishtirokidagi ‘ko‘z – nigoh ’, ‘ko‘z – inson’ somatik frazeologik birliklarning ichki shaklidagi asosiy tasavvur bilan bog‘liqlik (assotsiatsiya) lar aniqlangan;
solishtirilayotgan tillarda «me»/«ko‘z» komponenti bilan somatik frazeologik birliklarning ichki shaklidagi o‘xshashlik va farqlar, shuningdek, har ikkala tilda bir xil modifikatsiyaga ega ‘ko‘z – nigoh ’ bilan bog‘liq bir xil tasavvur (assotsiatsiya) til egalari tomonidan turlicha talqin qilinishi dalillangan;
yapon va o‘zbek tillarida «me»/«ko‘z» somatik birligiga xos to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarining motivlashganligi, yapon tilida insonga nisbatan tashqi nuqtai nazar bilan, o‘zbek tilida esa, insonga nisbatan ichki nuqtai nazar bilan qarashdan kelib chiqib, asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yapon va o‘zbek tilllarida somatik frazeologizmlarning chog‘ishtirma tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
yapon va o‘zbek tillari somatik frazeologizmlarning shakllanishi masalasi, shuningdek, yaponlarning dunyoqarashi, an’analari, urf-odatlari, huquqiy va axloqiy me’yorlarini o‘zida aks ettirgan lingvomadaniy makromatnlar masalasi, ularning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha olingan natijalar ilmiy seminarning amaliy qismida joriylashtirildi (Badiiy Akademiya qoshidagi Ikuo Xirayama nomidagi madaniyat xalqaro karavansarayning 2019 yil 11 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar yapon va o‘zbek tilarining somatik frazeologik birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘ldi; 
o‘qituvchilar va talabalar orasida o‘tkazilgan diskuss-seminarda tadqiq qilinayotgan tillardagi somatik frazeologizmlarning miqdoriy tarkibi va ularning qo‘llanilishi chastotasi bo‘yicha tadqiqotning amaliy natijalaridan foydalanildi. (Toshkent davlat yuridik universitet qoshidagi Nagoya univesitetining yapon huquqi va tilini o‘rganish markazining 2019 yil 14 iyundagi 114-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar olamni lisoniy manzarasidagi hamda yapon va o‘zbek xalqlari milliy mentalitetining namoyon bo‘lishidagi o‘xshashliklar va farqlarni aniqlashga xizmat qildi; 
yapon tili somatik frazeologizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning lingvomadaniy jihatlari bo‘yicha tadqiqot materiallaridan O‘zbek-yapon inson resurslarini rivojlantirish markazida o‘tkazilgan ilmiy seminarda foydalanilgan (O‘zbek-yapon markazining 2020 yil 23 yanvardagi 9-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar yapon va o‘zbek tillari frazeologiyasining nazariy asoslarini yoritish, ularning milliy-madaniy xususiyatlari hamda ikki tilning frazeologik birliklarining ichki tabiyatini aniqlash uchun asos bo‘ldi;
yapon va o‘zbek tillarining somatik frazeologizmlarining qiyosiy o‘rganishga asoslangan nazariy va amaliy natijalar, shuningdek, ilmiy tadqiqotning amaliy materiallari Tokio (Yaponiya)da “Asuka syuppansya” nashriyoti tomonidan nashr qilingan “Mening o‘zbek tili ilk kitobim” (はじめてのウズベキスタン語) da joriy qilindi (Asuka nashriyotining 2020 yilning 7 iyulidagi 7-son guvohnomasi). O‘quv qo‘llanma ushbu sohadagi bilimlarni oshirishga, talabalarning leksik boyligini to‘ldirishga va frazeologik birliklarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish