Zikrullaeva Xusniya Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz, turk va o‘zbek ilmiy-texnikaviy tarjimada leksik-semantik transformatsiyalar», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil581.
Ilmiy rahbar: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qulmamatov Do‘stmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilidagi ilmiy-texnikaviy terminlarning turk va o‘zbek tillari tarjimasidagi leksik-semantik transformatsiyalarni aniqlash va yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terminlarning leksik-semantik xususiyatlari asosida transliteratsiya, kalkalash, antonimik tarjima, eksplikatsiya, generalizatsiya, transpozisiya, modulyasiya, adaptatsiya, ekvivalentlik singari transformatsiyalar aniqlanagan;
ingliz tilidagi oddiy, qo‘shma, so‘z birikmali ilmiy-texnikaviy terminlar tarjimasida turk va o‘zbek tillarida transformatsiya turlaridan foydalanilishi ko‘rsatilgan; 
ilmiy-texnikaviy terminlarining boshqa tillardan o‘zlashtirilishi, ayrim birliklarning xalq tilida ham o‘z muqobili mavjudligi hamda terminlarning qisqartirilgan shakllarining borligi sinonimik qatorlarni keltirib chiqarilishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;
xalqaro ilmiy-texnikaviy leksikaning o‘z tushunchasi, maydoni, lingvistik qiyofasi, definisiyasi va tuzilishiga ega ekanligi asoslangan;
turk tilidagi tarjimalarini asosga olgan holda ingliz tilidagi «heating process» va «sintering» sinonimik katorlarga ega bo‘lgan «Modulus of elasticity» va «Young’s modulus» kabi terminlarga o‘zbek tilidagi mos birliklar taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz, turk va o‘zbek ilmiy-texnikaviy tarjimada leksik-semantik transformatsiyalar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarjimaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ilmiy-texnikaviy terminlarning xususiyatlari, ularning tarkibiy, semantik va etimologiyasi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik ishlari bo‘yicha Federal Agentlikning O‘zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi ilmiy faoliyatida foydalanilgan (Vakolatxonaning 2020 yil 4 martdagi 40-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminarlarning ilmiy saviyasining oshishiga xizmat qilgan. 
transliteratsiya, kalkalash, antonimik tarjima, eksplikatsiya, generalizatsiya, transpozisiya, modulyasiya, adaptatsiya, ekvivalentlik singari transformatsiyalar haqidagi tahliliy fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” radiokanalida efirga uzatilgan turkum eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat unitar korxonasining 2020 yil 18 martidagi 0210-1-20-son ma’lumotnomasi). Eshittirishlarda o‘zbekistonlik olimlarning xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyalarda faol ishtirok etayotganlari sababli terminlarni to‘g‘ri tarjima qilish zaruriyati mavjudligi asoslab berilgan;
oddiy, qo‘shma, so‘z birikmali ilmiy-texnikaviy terminlar transformatsiya turlaridan “Innovatsion texnologiyalar yarmarkasi virtual axborot tizimi “VIS YaIT” dasturini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining DGU 07433-sonli guvohnomasi). Natijada ilmiy-texnikaviy terminlar “Innovatsion texnologiyalar yarmarkasi virtual axborot tizimi “VIS YaIT” dasturini yaratishda uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish