Namazov Xushvakt Karaxanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sho‘rlangan tuproqlarning agromeliorativ holatini baholash, samarali foydalanish va unumdorligini oshirish”, 06.01.03 − Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/V123.
Ilmiy maslahatchi: Kuziev Ramazan, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Zokirova Sanoatxon Xondomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Abdullaev Anvar Xaydarovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sho‘rlangan tuproqlarning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalarini, agro-meliorativ holatini baholash, umumiy va zaxarli tuzlar zaxirasini aniqlash, kosmik tasvir usullaridan foydalanib sho‘rlanish xaritalarini yaratish, tuproq unumdorligini oshirishni ilmiy-amaliy echimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan, sug‘oriladigan, sho‘rlangan hududlarning, sho‘rxoklangan tuproqlarning kelib chiqish genezisi, sabablari tuproq hosil qiluvchi omillari ilmiy asoslangan;
sho‘rlanish darajasi va tiplari, tuproqdagi zaxarli tuzlar miqdori va zaxiralari aniqlangan; 
tuproqlarning mexanik tarkibi, agrokimyoviy, fizik-kimyoviy xossalari va grunt suvlarini joylashish chuqurligi, minerallashganlik darajasi va kimyoviy tarkiblari aniqlangan;
tadqiqotlar o‘tkazilgan tuproqlarining morfologiyasi, agrokimyoviy, agrofizikaviy, fizik-kimyoviy xossalari va agromeliorativ holati aniqlangan;
kalit maydonlarida 1:50 000 masshtabdagi sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish, fizik-loy miqdori va grunt suvi xaritasi tuzilgan;
qishloq xo‘jaligi sohasida sho‘rlanishning oldini olish, tuproq-meliorativ holatini yaxshilash, sho‘rlangan erlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishga qaratilgan agrotexnologik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sho‘rlangan tuproqlarning agromeliorativ holatini baholash, samarali foydalanish va unumdorligini oshirish borasida olib borilgan tadqiqotlar asosida: 
«Respublika sug‘oriladigan tuproqlarining hozirgi meliorativ holati va ularni yaxshilashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar», «Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va sho‘rlanishga qarshi kurashishga qaratilgan tadbir va tavsiyalar» tasdiqlangan va Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 avgustdagi 03-05-7111-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sho‘rlangan tuproqlarning agro-meliorativ holatini baholash, samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi qonunga asosan hammualliflikda «Markaziy Osiyo turli xil tuproqlarining deshifrlovchi belgilari» nomli ma’lumotlari uchun Davlat patent idorasi tomonidan №BGU 00085 guvohnoma olingan;
kosmik tasvir usullaridan foydalangan holda 1:50 000 masshtabli sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish, fizik-loy miqdori va grunt suvi xaritasi tuzilgan va joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 10 avgustdagi 03-05-7111-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sho‘rlangan tuproqlarning agromeliorativ holatini baholash, samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish imkonini bergan;
Quyi Amudaryo hududida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan sho‘rlangan tuproqlarning agro-meliorativ holatini baholash, samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan olgan ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 20 iyuldagi 02/18-15-1425-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijalari qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri joylashtirishda va ularni parvarishlashda agro-texnologik, agro-meliorativ tadbirlar ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
nashr etilgan «O‘zbekiston tuproqlari» o‘quv qo‘llanmasi rag‘batlantiruvchi o‘rin, «Tuproq bonitirovkasi» darsligi bo‘yicha I-darajali diplom, «Tuproq melioratsiyasi» darsligi, «Er resurslaridan foydalanish va himoyalash», «Tuproqni xaritalashda kosmik tasvir usullaridan foydalanish» o‘quv qo‘llanmalari (hammualliflikda) «Er kadastri va tuproq bonitirovkasi» o‘quv qo‘llanmasi II darajali, chop etilgan «Er kadastri asoslari», «Tuproq bonitirovkasining ilmiy asoslari» darsliklari (yakka mualliflikda) bo‘yicha «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» respublika tanlovining g‘olibi Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari hamda «Iste’dod» jamg‘armasining III-darajali diplomi bilan taqdirlangan. Ushbu adabiyotlar OTM bakalvr, magistr va ilmiy xodimlar, mutaxassislar uchun asosiy qo‘llanma sifatida foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish