Masharipova Tamara Joldasbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Publisistika nazariyasining yaxlit konsepsiyasi (ilmiy-metodologik tahlil, Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuoti materiallari misolida)», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.DSc/Fil248.
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Pirniyazova Alima Qudiyarovna, filologiya fanlari doktori; Qudaybergen Tursin, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbek davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi qoraqalpoq jurnalistikasidagi publisistika nazariyasining yaxlit konsepsiyasini aniqlash va uning nazariy kategoriyalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
publisistikaning «ijod turi» va «maxsus uslubda bajarilgan matnlar» ma’nolaridan tashqari definisiyaning auditoriya uchun muhim bo‘lgan «publisistik asar yaratish mexanizmi» va publisistikani to‘rtinchi hokimiyat mavqeiga etkazadigan «ijtimoiy institut» tushunchalariga ham ega ekanligi isbotlangan;
publisistikaning sub’ekti va predmeti tadqiq qilingan va ushbu ikki muhim nazariy kategoriyalarga odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, turmushning ishlab chiqarishga oid, iqtisodiy, ilmiy, axloq-odobga taalluqli jihatlari aniqlangan;
ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy-ma’rifiy faoliyat sifatidagi publisistikaning tashkiliy qismlari, umumiy va xususiy metodlari tadqiq qilingan;
publisistik matnning intermatn, spatiummatn hamda xronomatndan iborat ekanligi aniqlangan;
publisistikaning kontaktli, kognitiv, namoyishkoronalik, ekspressivlik, aksiologik va tashkilotchilik-safarbar etuvchilik funksiyalari tizimi tavsiflaangan;
publisistikaning ommaviylik, fuqaroviylik, gumanizm, ilmiylik, ob’ektivlik, shaxsiyatlilik va axloqiylik kabi asosiy prinsiplari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Publisistika nazariyasining yaxlit konsepsiyasi ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
publisistika nazariyasining yaxlit konsepsiyasi to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy qarashlari va xulosalari, publisistikani tadqiq qilishdagi yangicha yondashuvlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ommaviy axborot vositalari, bosma nashrlar va nashriyotlar faoliyatining sifat jihatdan yaxshilanishiga asos bo‘lgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 2020 yil 28 sentyabrdagi BK-01-246-son ma’lumotnomasi). Natijada publisistikaning avvaldan ma’lum ikkita tushunchasidan tashqari «publisistik asar yaratish mexanizmi» va «ijtimoiy institut» ma’nolarida talqin etish orqali matbuot va nashriyotning jamiyatdagi o‘rnini kengroq tushunishga, sohaning rivojlanishiga oid bilimlarni takomillashtirishga xizmat qilgan; 
publisistikaning umumiy hamda xususiy metodlari, ijtimoiy kommunikatsiyalar, badiiy adabiyot, mafkura hamda jurnalistika va publisistika prinsiplari, publisistika sub’ekti va predmeti, axborot etkazib berish kanallarining o‘ziga xos xususiyatlariga oid nazariy va ilmiy xulosalari ta’lim muassasalarida chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarining davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan darajada qayd qilingan va umumta’lim maktablari 10- va 11- sinf o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya va to‘garak ishlari darslarini o‘tishda ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2016 yil 30 yanvardagi AA-01/4708-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 26 sentyabrdagi 01-01/10-2599-son ma’lumotnomalari). Natijada maktab o‘quvchilarining vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalanishida, milliy o‘zlikni anglashida nazariy asos bo‘lgan;
dissertatsiya ishi natijalaridan Berdaq Milliy muzeyida qoraqalpoq mumtoz shoirlari hayoti va ijodiyoti bo‘yicha ko‘rgazmali, ekskurs darslarini o‘tishda va ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruza shaklida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 28 sentyabrdagi №2-02/1135-son ma’lumotnomasi). Natijada adiblar ijodida publisistik pafos va publisistik ruhni ko‘rsatish, yirik asarlaridagi publisistik unsurlarni aniqlash, poetik xususiyatlarini ochib berish imkoniyati yaratilgan;
publisistik matn intermatn, spatiummatn va xronomatndan iboratligi, genetik dialog sifatidagi ko‘rinishlaridagi o‘ziga xos xususiyatlariga oid tavsiyalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Xabar”, “Assalao‘ma әleykum, Qaraqalpaqstan”, “Ayqulaq”, “Balaliqti eslep”, “Tuo‘ilg‘an jer sag‘inishi”, «Әdebiy portret», “Mүnәsibet”, “Jaslar ushin”, “7-studiya”, “Erkin pikir”, «Gәo‘har sөzler», “Qayirli taң”, «Yadnama», “Ao‘il turmisi”, «Әdebiyat hәm dәo‘ir», «Sөnbes juldizlar», «Izlenis» ko‘rsatuvlari va eshittirishlari orqali keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2017 yil 20 yanvardagi 01-02/29- son,  2020 yil 23 sentyabrdagi 01-02/186-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan; 
publisistikaning kontaktli, kognitiv, namoyishkoronalik, ekspressivlik, aksiologik va tashkilotchilik-safarbar etuvchilik funksiyalari tizimiga doir xulosalardan «Aqmaңg‘it taңi» gazetasida bajarilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy fondining «Ochiqliq – demokratiya garovi» nomidagi loyihada foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 2020 yil 28 sentyabrdagi BK-01-246-son ma’lumotnomasi). Natijada publisistikani ijtimoiy institut sifatida talqin etish orqali jurnalistikaning jamiyatdagi o‘rnini kengroq tushunishga, sohaning rivojlanishiga oid bilimlarni takomillashtirishga  asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish