Madazimov Muzaffar Toxirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Plug lemexlarini kompozision materiallar bilan qayta tiklab resursini oshirish texnologiyasini asoslash», 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T611.
Ilmiy rahbar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik insituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Rahmatali Murodovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xalikova Nargiza Abduvalievna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi plug lemexlarini kompozision materiallar bilan qayta tiklab resursini oshirish texnologiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
lemexlar resursini ularning ishchi yuzalariga tuproqdagi abraziv zarralarning ta’siriga chidamli bo‘lgan yangi turdagi kompozision materiallarni payvandlab qoplash orqali oshirishga erishilgan;
lemex materialining eyilish miqdori, unga asosan esa eyilish jadalligi tuproqning nisbiy eyiltirish xususiyatiga, bosimga, ishqalanish yo‘liga, ishchi yuzasiga, materialning zichligiga to‘g‘ri proporsional va lemex materialining nisbiy eyilishga chidamliligiga teskari proporsional qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
lemexlarning resursini u tayyorlangan materialning eyilishga chidamliligi va unga ta’sir etadigan bosim kuchiga bog‘liq holda o‘zgarish konuniyati aniqlangan;
lemexlarning ishchi yuzasiga payvandlab qoplash uchun uning resursini yangisiga nisbatan bir necha marta yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan strukturaga, qattiqlikka, eyilishga chidamlilikka ega bo‘lgan materialning tarkibi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Plug lemexlarini kompozision materiallar bilan qayta tiklab resursini oshirish texnologiyasini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
payvandlab qoplangan plug lemexlari Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa, Marhamat va Andijon tumanlari fermer xo‘jaliklarida sinovlardan o‘tgan hamda Andijon «Agroservis MTP» MChJda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 02/023-434-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jalik mashinalari ish organlarining xizmat muddatini ortishiga va ularning yillik sarfini 2 marta kamayishiga erishilgan;
plug lemexlarini eyilgan ishchi yuzalarini kompozision material bilan payvandlab qoplash texnologiyasiga oid materiallar «BMKB-Agromash» AJga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 02/023-434-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Payvandlab qoplash moslamasi” hamda payvandlab qoplangan lemex konstruksiyalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
turli xil kompozision materiallari bilan payvandlab qoplangan plug lemexlari «BMKB-Agromash» AJda laboratoriya va ishlab chiqarish sinovlaridan o‘tkazilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 02/023-434-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu lemexlar bilan jihozlangan pluglarning resursi 2 martagacha ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish