Babakulov Ismail Turkmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rus va o‘zbek tillarida so‘z yasalishi usullari tipologik determinantning ifodalanishi sifatida», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2014.3-4.Fil.145.
Ilmiy maslahatchi: [Pardaev Abdinazar Sayidovich], Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘ofir Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rus va o‘zbek tillarining so‘z yasash tizimlari xususiyatlariga tipologik determinantning ta’sirini aniqlashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus tilining flektiv va o‘zbek tilining agglyutinativ tizimi tipologik determinantning ifodalanishi sifatida til assimetriyasi tamoyillari ochib berilgan;
rus va o‘zbek tillari so‘z yasash tizimlari dinamikasini qiyoslash orqali tillarning lug‘aviy tarkibini boyitish jarayonlari, dunyoning etnik ko‘rinishi, xalqlar ma’naviy qarashlarining yuksalishiga ta’siri bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan;
rus va o‘zbek tillarida so‘z yasash usullari, asosan, morfem tizim, til determinanti va grammatik kategoriyalar to‘plamiga bog‘liqligi dalillangan;
til belgilarining asimmetrik dualizmi asoslanib, uning til birliklari tizimida, tuzilishida va funksionalligida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
rus va o‘zbek tillarining so‘z yasash va grammatik tizimlarining uyg‘unligi, umumiy xususiyatlari aniqlanib, o‘ziga xos tipologik kontrast jihatlari asoslangan;
rus va o‘zbek tillarida so‘z yasovchi kategoriyalarning so‘z yasalish usullari bilan korrelyasion aloqasi tipologik determinantning ifodalanishi asoslangan;
rus va o‘zbek tillarining so‘z yasalishi usullari so‘z turkumlari misolida asoslangan va ot va fe’l izomorfli so‘z yasovchi kategoriyalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida olingan ilmiy natija va amaliy takliflar asosida:
rus va o‘zbek tillarining so‘z yasalishi usullari tipologik determinantlar orqali ifodalanishiga oid xulosalardan “Til rivojlanishining derivatsion qonuniyatlari” OT-F8-062 fundamental ilmiy-tadqiqoti loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 maydagi 89-03-2804-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi derivatlar shakllanishiga aloqador tadqiqotlarni takomillashtirgan;
rus va o‘zbek tillari morfemikasi va so‘z yasalishining qiyosiy tahlil qilingan ilmiy tadqiqot natijalaridan «Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili», «Ona tili va adabiyoti: o‘zga tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti» yo‘nalishlari ta’lim jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 maydagi 89-03-2804-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalarining qo‘llanilishi filologik yo‘nalishlar hamda milliy guruhlarda rus tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha o‘qitish usullarining yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
rus va o‘zbek tillarida so‘z yasalish usullari jihatidan allomorfizmning tahlili hamda uning mohiyatini tadqiq qilish natijalaridan «So‘z yasovchi atamalarning qisqacha ruscha-o‘zbekcha lug‘ati» chop etilgan. Mazkur lug‘at til determinantining qiyosiy-tahliliy va mazmunan boyishiga asos bo‘lgan;
rus va o‘zbek tillarining so‘z yasovchi kategoriyalari asimmetriyasini sintaktik darajada bartaraf etish hamda uning o‘rnini to‘ldirish usullarini aniqlash ilmiy-tadqiqot natijalaridan rus va o‘zbek milliy-madaniy merosiga bag‘ishlangan turli tadbirlarda foydalanilgan (Samarqand viloyati rus madaniyati markazining 2019 yil 22 maydagi 10/40-son ma’lumotnomasi).Tadqiqot natijalarning qo‘llanilishi yig‘ilish ishtirokchilarining rus va o‘zbek tillarida so‘z yasalishiga doir bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilgan;
rus va o‘zbek tillarida so‘z yasalishining tizimliligi va til determinantlarining qo‘llanilishiga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining «Xalq bilan yuzma-yuz», «Jarayon» ko‘rsatuvlari uchun ssenariy tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 30 maydagi 09-01/158-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlanib, ularning mazmuni yanada oshirilishiga xizmat qilgan;
turli tizimli tillar so‘z yasovchi qatlamlarining ham nazariy, ham tipologik jihatdan tadqiq qilish natijalaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limining «Sadoqat» ijodiy to‘garagi ilmiy-amaliy seminar materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 12 iyuldagi 10/82-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishining ilmiy natijalari yosh ijodkorlarning badiiy asar matnlarida so‘z, uning tuzilishi va qo‘llanilishi haqida bilimlarini oshirishga yordam bergan.