Po‘latov Ubaydulla Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarning turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarida infeksiya tarqalishini morfologik asoslash», 14.00.15 – Patologik anatomiya; 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib109.
Ilmiy rahbarlar: Israilov Rajabboy, tibbiyot fanlari doktori, professor; Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamolov Tel`man Tulaganovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet negizida yumshoq to‘qimalarning turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarida infeksiya tarqalishini patomorfologik o‘zgarishlar asosida baholash va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet negizida yumshoq to‘qimalarning turli xil yiringli yallig‘lanish flegmona ko‘rinishida, klinik jihatdan belgilar sezilmasdan yara yaqqol ko‘rinmasligi, aerob-anaerob aralash mikroflora kuzatilishi, sepsis, septik shok va poliorgan etishmasligi va o‘limga olib kelishi asoslangan;
qandli diabet negizida kasallikning 3-kunidayoq barcha yumshoq to‘qimalarga tarqalishi oqibatida qon tomirlar patologik dissirkulyasiyasi, tomirlar va biriktiruvchi to‘qima tuzilmalarining mukoid, fibrinoid bo‘kishi va fibrinoid nekrozi, leykotsitlar bilan infil`tratsiyalanishi, 5-kunga kelib jarayonning mushak qavatgacha tarqalishi, 7-kuniga kelib qon tomirlarda septik tromblar paydo bo‘lishi, to‘qimalarning nekrozlanishi isbotlangan;
qandli diabetda yallig‘lanish sindromi (SIRS) belgilari, leykotsitozning ortishi, qonda prokal`sitonin, IL-1b, IL-6, TNF-α me’yoriy miqdoridan ortishi, infeksiyaning ommaviy tarqalishini va septik asoratlar rivojlanganligini asoslangan;
kasallikning rivojlanishi xavfi yuqori, o‘rta, past va generalizatsiyalanish xavfsizligi SIRS belgilari miqdorini yiringli-yallig‘lanish jarayoni tarqalish maydonini o‘lchash va hisoblash yaraning mikroblar bilan to‘yinganlik darajasi baholash tartibi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarning turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarnida infeksiya tarqalishini morfologik asoslashni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarni turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolashda G-KSF Filgrastimdan foydalanish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 oktyabrdagi 8n-d/63-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada qandli diabet negizida yumshoq to‘qimalarni turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarini jarroxlik usulida granulotsitar koloniestimullovchi omil Filgrastimdan foydalangan holda kasalliklarni o‘z vaqtida samarali davolash tartibini tizimli tashkillashtirish imkonini bergan;
«Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarni turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarida generalizatsiyalashgan tartibda infeksiyani tarqalish xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 oktyabrdagi 8n-d/63-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada qandli diabetda yumshoq to‘qimalarni turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarida infeksiyani omaviy taribida tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlarni erta aniqlash, kasallikni patomorofologik tashxislash orqali davolash tartibini tashkillashtirish imkonini bergan;
Qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarni turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarida infeksiya tarqalishini morfologik asoslashni baholashni takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi yiringli jarroxlik va qandli diabetni jarroxlik asoratlari bo‘limi, Samarqand shahar markaziy shifoxonasining yiringli va septik jarroxlik bo‘limi, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiy birlashmasining yiringli jarroxlik bo‘limlari klinik amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 04 noyabrdagi 8n-d/141-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qandli diabet fonida yumshoq to‘qimalarni turli xil yiringli yallig‘lanish kasalliklarida infeksiya tarqalishini oldini olishga qaratilgan davolash-tashxislash algoritmi yordamida qaytadan jarroxlik amaliyotini amalga oshirish va septik asoratlarni 4 va 18,3 martaga kamaytirish yaralarining bitishni 1,5 martaga oshirish imkonini bergan.