Kadirova Nargiza Arifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jahon adiblari ijodida evrilish motivi (mushtaraklik va individuallik)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil860.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kaxarova Iroda Sidikovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Xolmuratov Abduxamid, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jahon adiblari ijodida evrilish motivining o‘rni, tarixiy-fol`kloriy ildizlari, badiiy evolyusiyasi, qo‘llanilishidagi mushtaraklik va individuallik, poetik-kompozision xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotining antik, uyg‘onish, romantizm, modernizm kabi bosqichlarida adiblarning evrilish motividan foydalanishdagi badiiy mahoratiga xos takomil belgilari, uslubiy individuallik hamda umumiylik, e’tiqodiy ishonchlari jihatidan mushtarak badiiy ko‘rinish va vazifalarda namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;
jahon yozma adabiyotida evrilish motividan foydalanishning tarixiy-fol`kloriy, ijtimoiy-psixologik, badiiy-estetik tamoyillari ushbu motivga xos ezgulik, to‘g‘rilik, kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, ilm o‘rganishga intilishni targ‘ib qilish, yovuzlikni qoralash kabi tarbiyaviy maqsadda yaratilishiga doir universaliyalarning paradigmalari asoslangan;
fol`klor va yozma adabiyotda insonning antromorf qiyofadan zoomorf qiyofaga, tabiat hodisasiga, osmon jismiga evrilishida sehr-jodu, inson his-kechinmalari, ijtimoiy turmushida jazolash, o‘ch olish, qarg‘ishga uchrash, qiziquvchanlik, fosh etish, o‘z kashfiyotidan shaxsiy boyishga intilish motivlarining ustuvorligi isbotlangan;
jahon va o‘zbek ijodkorlari badiiy asarlarida evrilish motivining magik, ijtimoiy, ruhiy tabiatli o‘ziga xos poetik, struktural va funksional ko‘rinishlarining poetik birlik sifatida inson qismatini idrok etish shakli ekanligi va evrilish hodisasi ma’budlar, shayton, jin, ajina va alvastilar kabi demonologik kuchlar, oddiy yoki olim insonlar tomonidan voqelantirilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jahon adiblari ijodida evrilish motivining o‘rni, genezisi, poetik xususiyatlari va vazifalarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
dunyo adabiyoti kontekstida o‘zbek adabiyotini o‘rganish, unda Sharqu G‘arb fol`klori va yozma adabiyoti munosabati, adabiy aloqa va ta’sir, an’analar badiiy sintezi, qadimiy motivlarning poetik yangilanish tamoyillari, xususan, inglizzabon va o‘zbek ijodkorlarining evrilish motivini qo‘llashdagi tipologik va spesifik xosliklar bilan bog‘liq xulosalardan F-1-06 “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” mavzusida bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 89-06-65-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotiga fol`klordan o‘tgan ba’zi an’anaviy motivlarning tabiati, vazifasi jihatidan jahon fol`klori va adabiyotidagi ayrim motivlar bilan mushtaraklik kasb etishi, dunyo xalqlari adabiyoti an’analarining o‘zbek adabiyotida ham sintezlashtirilganligi yuzasidan xulosalar chiqarish imkonini bergan;
jahon adabiyotida evrilish motivining kelib chiqish tarixiy-fol`kloriy asoslari, o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘rinishlari, antik adabiyotdan to hozirgacha bo‘lgan badiiy-tadrijiy takomili, g‘oyaviy-kompozision, badiiy-estetik vazifalariga doir xulosa va tavsiyalardan Buxoro davlat universiteti o‘quv jarayonida, jumladan, sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim shakllarida talabalarni o‘qitish uchun mo‘ljallangan “Ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 89-06-65-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’limda sirtqi o‘qitishning ilmiy-metodik samaradorligini oshirishga ko‘mak bergan;
fol`klor va yozma adabiyotda an’anaviylik, ularda badiiylik tamoyillarining qo‘llanishiga doir xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 21 noyabrdagi 1/416-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning badiiy asarlarda fol`klor va yozma adabiyot an’anaviyligi, sintezi bo‘yicha ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga, shuningdek, ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar mazmunining mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlanishiga erishilgan;
evrilish motivini badiiy vazifalariga ko‘ra tasniflashning yangi usullari bilan bog‘liq xulosalardan Istanbul universiteti ta’lim jarayonida, ya’ni turk hamda chet ellik talabalarning jahon adiblari asarlarida evrilish motivining roli haqidagi bilimlarini boyitishda foydalanilgan (Istambul universiteti rektori prof. doktor Mahmud Akning 2020 yilning 20 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va xorijiy romanlariga xos poetik xususiyatlarning umumiy tahlili, jahonga mashhur mutaxassislarning bu boradagi mulohaza va xulosalari izohi talabalarning evrilish adabiy hodisasi haqidagi nazariy tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan.