Do‘sanov Ravshan Xalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bazal`t va vermikulit mineral xomashyolari asosida yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik materiallar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1279. 
Ilmiy rahbar: To‘raev Xayit Xudoynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Kurambaev Sherzod Raimberganovich, texnika fanlari doktori; Alimov Umarbek Qodirbergenovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat univesiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dispers va tolali mineral to‘ldiruvchilar bazal`t va vermikulit, poliamid-6 hamda yuqori zichlikka ega chiziqli polietilen, modifikatorlar asosida yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik kompozision materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modifikatsiyalangan qatlamli silikatlarni poliamid-6 va yuqori zichlikli chiziqli polietilen suyuqlanmasida aralashtirishning optimal sharoitlari aniqlangan;
modifikatsiyalangan turli mineral to‘ldiruvchilarni poliamid-6 va polietilen suyuqlanmasida aralashtirish usuli bilan PA-6/PEMA/TEAS/BT, PA-6/PEMA/TEAS/VK, PA-6/PEMA/TEAS/VT, P-Y 342/PEMA/TEAS/VK, P-Y 342/PEMA/TEAS/BT P-Y 342/PEMA/TEAS/VT tarkibli organo-noorganik materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kompozitlar tarkibiga PEMA modifikatori kiritilishi bilan ularning zarbga chidamlilik xossalari PA-6da 100 kJ/m2 dan 118 kJ/m2 gacha  va egilishga mustahkamlik xossalari 90 MPA dan 102 MPAga ortishi isbotlangan;
qatlamli silikatli nanoqo‘shimchalar va PEMA ni P-Y 342 va PA-6 larga qo‘shish orqali olingan kompozision materiallarning -30 ᵒS harorat ta’siriga chidamliligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy mineral xomashyolar asosida yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik kompozit materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bazal`t va vermikulit bilan yuqori darajada to‘ldirilgan organo-noorganik kompozit materiallar asosida olingan teploizolyasiyalangan va yuqori bosimga chidamli quvurlar «Olmaliq KMK» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 30 oktyabrdagi AA-008408-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratda va bosimda ishlaydigan metall quvurlari o‘rnida organo-noorganik kompozision materiallar asosida olingan plastmassa quvurlaridan foydalanish imkonini bergan;
organo-noorganik kompozit materiallar olish jaryonida sintez qilingan modifikator tetraetilammoniy stearatdan OT-F7-34 raqamli «Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zi d-metallarni ajratishning nazariy asoslari» mavzusidagi loyihada ekstragent sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4335-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida samarali ionitlar olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish