Allaniyazova Mapruza Qdirboevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘simliklarning chidamliligini oshiruvchi induktorlarni kimyoviy va biologik xususiyatlari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/B124.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, 
DSc.03/05.06.2020.V.91.03.
Rasmiy opponentlar: Seomashko Natal`ya Evgen`evna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaeva Muborak Maxcumovna, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullajanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simliklarni 2,4-D gerbisid va bug‘doyning zang zamburug‘i, septariozga chidamliligi hamda doni mahsuldorligini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan induktorlarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sintez qilingan xalkonepoksidlar va ularning hosilalarini g‘o‘za hamda bug‘doyning 2,4-D gerbisid va fitopatogenlarga nisbatan chidamliligini oshirish xususiyatlari aniqlangan;
glisirrizin kislotasining fitogormonlar bilan supramolekulyar (Glinbut, Glinnats), mikroelementlar bilan (CuproGK) komplekslarini bug‘doyga kompleks ta’siri asosida zang zamburug‘iga qarshi sinergetik samaradorliklari isbotlangan;
CuproGK va xalkonepoksidlarning o‘simliklarda elisitorlik, 2,4-D guruh gerbisidlariga nisbatan antidotlik faolligi hamda bug‘doy nihollarining septoriozga nisbatan chidamlilik darajasini oshirishii aniqlangan; 
glisirrizin kislotasining fitogormonlar bilan supramolekulyar, mikroelementlar bilan CuproTechGK, CuproGK komplekslari hamda Xalkonepokcid hosilalari ta’sirida o‘simliklarda ABK va IUK endogen fitogormonlar miqdorining ortishi aniqlangan; 
xalkonepokcidlarni kuzgi bug‘doyning biogen va abiogen stress omillarga chidamliligini oshirishi dala sharoitida isbotlangan va ishlab chiqarishda qo‘llash usullari ishlab chiqilgan; 
CuproGK, xalkonepokcidlar oqsil miqdori va bug‘doy nihollarining septoriozga chidamliligini oshiruvchi lignin hosil qiluvchi fenolkarbon kislotalarning miqdoriy ko‘rsatkichini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
GK komplekslar, xalkonepoksidlar va ularning biologik faolliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
CuproGK va xalkonepoksid preparatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining g‘alla maydonida bug‘doyni zamburug‘li kasalliklardan himoya qilishda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 01/07-2307-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning zamburug‘li kasalliklarga nisbatan chidamlligi ortishi bilan birga hosildorligini gektariga 7,5–8,0 va 6,5–7,5 sentrga oshirish imkonini bergan; 
glisirrizin kislotasining indolil moy kislotasi asosida yaratilgan Glinbut, mis mikroelementi asosida yaratilgan CuproGK preparatlari S-A-2018-004 raqamli “Anor (Punica granatum L.)ning biotexnologik kolleksiyasini yaratish va patogensiz ko‘chatlarini olish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi loyihada anorni in vitro sharoitida mikroklonlashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4203-son ma’lumotnomasi). Natijada, CuproGK preparatlari ta’sirida in vitro sharoitida anorning patogensiz ko‘chatlarini olish, Glinbut ta’sirida esa anorning kallus to‘qimasida vegetativ tanalarni rivojlantirish imkonini bergan; 
shirinmiya ildizidan glisirrizin kislotasini ajaratish texnologiyasi A-M3-2019-41 raqamli “Sho‘rlangan tuproqlarda ildiz tizimining mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyihada shirinmiya ildiz tizimini qayta ishlash asosida texnik glisirrizin kislota olish hamda glisirrizin kislota ajratib olish va ildizida glisrrizin kislota miqdorini baholashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4342-son ma’lumotnomasi). Natijada, glisirrizin kislota miqdorini aniqlash va monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish