Jabborov Abdurashid Rayimovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda qushlar keltirib chiqaradigan biozararlanishlar va ularning oldini olishda eko-texnologik usullarni takomillashtirish», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.V58.

Ilmiy maslahatchi: Shernazarov Elmurod, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, 14.07.2016.V.15.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedov Madaminbek Xatamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bakaev Savriddin Bakaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydulla, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qushlar tomonidan sodir etilayotgan biozararlanishlarni aniqlash va ularning oldini olishda eko-texnologik usullarni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlari va aerodrom hududlarida qushlar tomonidan keltirib chiqariladigan biozararlanishlarning darajasi va dinamikasi aniqlangan;

chug‘urchiqlar populyasiyasi va turlararo akustik-kommunikativ munosabatlarda akustik signallarning biologik ahamiyati hamda chumchuqsimonlar akustik repellent signallarining filogenetik negizi aniqlangan;

bioakustik izlanishlar natijasida ilk bor tilla rang kurkunak (Merops apiaster L.) va ko‘k kurkunak (Merops superciliosus L.) repellent signallarining yuqori bosqichi – ofat signallari mavjudligi topilgan va bu repellent signallar vositasida kurkunaklarni asalarichilik xo‘jaliklaridan cho‘chitib haydash usuli ilmiy asoslangan;

ilk bor mayna ofat signallarining qushlarga turlararo – interspesifik ta’sir etishi aniqlangan;

aerodrom territoriyasida qushlarning samolyotlar uchun xavfli migratsiyasi va vaziyatlarini prognoz qilishning eko-texnologik uslublari ishlab chiqilgan;

ilk bor O‘zbekiston sharoitida qushlar sensor tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda optiko-akustik repellent majmua yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekistonda qushlar keltirib chiqaradigan biozararlanishlar va ularning oldini olishda eko-texnologik usullarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

optiko-akustik repellent majmua – «Qushlarni cho‘chitib haydash uchun qurilma»si qishloq xo‘jaligi ekin maydonlariga va aerodrom hududlariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 19 oktyabrdagi 02/22-1225-son ma’lumotnomasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining 2016 yil 26 iyuldagi PS31-5716-114-son ma’lumotnomasi). Repellent majmua aerodrom hududlarida qushlar va samolyotlar to‘qnashuvi sonini keskin qisqartirish, bundan tashqari bog‘dorchilik, g‘alla ekinlari hosilini qushlar tomonidan zararlanishini oldini olish imkonini bergan;

«Qushlarni qo‘rqitish qurilmasi» asalarichilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 2016 yil 19 oktyabrdagi 02/22-1225-son ma’lumotnomasi). Qurilma ishchi asalarilarni kurkunaklardan himoyalash va asalarichilik xo‘jaliklari rentabelligini oshirish imkonini bergan;

iqtisodiy tarmoqlarga qushlar tomonidan etkaziladigan zararlanishlar va ularni oldini olish tavsiyalari asosida «Biozararlantirish asoslari» darsligi chop qilingan (hammualliflikda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 6 fevraldagi 45-son buyrug‘i). Darslik qishloq xo‘jaligi menejmenti, o‘simliklarni himoya qilish, mevachilik va uzumchilik yo‘nalishi va ixtisosliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr va magistrlarni mamlakatimiz sharoitida biozararlanishlarning kelib chiqishi, mohiyati va undan himoyalanish yo‘llari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish