Muslimov Sherzod Narzulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped511.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc); Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent .
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida texnologiya fanlarini o‘qitish metodikasini modulli-kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish orqali bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik faoliyat tuzilmasining funksional jihatlari (konstruksiyalash, loyihalash) va komponentlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-baholash) mazmuni SMART va STEAM texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
modulli-kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarni kasbiy grafik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va innovatsion ta`lim texnologiyalar hamda “mentalit” va “studes” interfaol metodlar uyg‘unligida o‘qitishning metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan va uning pedagogik jarayonga tatbiqi elektron ta`lim resurs bazasidan foydalanish (videodarslar, loyihalash-konstruktorlik va grafik topshiriqlarni majmuaviy qo‘llash) orqali takomillashtirilgan;
tashxislash tizimi rang korrelyasiyasi, dispersion tahlil, klassik statistik o‘lchov usullarini integrativ muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan va bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligi rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan (yuqori, o‘rta , past) darajalarni baholovchi mezon va kursatkichlar mazmuni ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Chizmachilik (3D o‘lchamli model`)” dasturini joriy etish orqali bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik faoliyati tuzilmasining funksional jihatlari (loyihalash, konstruksiyalash) va (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv-baholash) komponentlari mazmunini takomillashtirishga oid takliflar bakalavriatning 5112100 - Texnologik ta’lim yo‘nalishi uchun “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani buyicha Davlat ta’lim standarti va malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1147-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining mantiqiy fikrlashi va fazoviy tasavvurlarini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
kasbiy grafik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va o‘quv-metodik ta’minoti innovatsion ta`lim texnologiyalari hamda “mentalit” va “studes” interfaol metodlari integratsiyasi hamda videodarslar, loyihalash-konstruktorlik va grafik topshiriqlar tizimini majmuaviy qo‘llash orqali bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga oid takliflardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-141 “OTM pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish texnologiyalari” amaliy grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 martdagi 89-03-1147-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchisining kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida grafik kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
tashxislash tizimi rang korrelyasiyasi, klassik statistik o‘lchov usullarini integrativ muvofiqlashtirish, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligi rivojlanganligini nazorat qilish va baholashga oid takliflar asosida “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, 418-139 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy grafik kompetentligi rivojlanganligini uzluksiz nazorat qilish texnologiyasi asosida o‘quv jarayoni samaradorligi oshgan.