Zaitov Elyor Xolmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: «O‘zbekistonda institusional muassasa bitiruvchilarini ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish»), 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Sots24.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Dsc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Sodiqova Shohida Marxaboevna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Seitov Azamat Pulatovich, sotsiologiya fanlari doktori; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda institusional muassasa bitiruvchilarini ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish imkoniyatlarini tahlil qilish va rivojlanish istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
institusional muassasa bitiruvchilarini ijtimoiy himoyalash tizimini empirik o‘rganish asosida ularning tarkibiy komponentlari (bandligi, kasb tanlashi, ta’lim olishi, oilaviy hayotga tayyorlash, uy-joy bilan ta’minlanishi holati) hamda sub’ektning ijtimoiy qiyofasi (ijtimoiy motivatsiyasi, o‘zaro munosabatlari, faolligi, mobilligi, ijtimoiylashuvi) ochib berilgan;
ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni tizimli kuzatish orqali raqamlashtirib tadqiq etishda «Fokus-guruh dasturi» jamlanmasi afzalligi (fikrning takrorlanmas chastotasi, birlamchi taassurotning zudlik bilan izhor etilishi, sintetik yondashuvdan analitik yondashuvning ustuvorligi, maqsadga erishish yo‘llarini o‘lchash imkoniyatlari) isbotlangan;
institusional muassasa bitiruvchilarining postinstitusional adaptatsiya bosqichida jamiyatda muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘layotgan iqtisodiy-moliyaviy, ijtimoiy, maishiy-psixologik muammolari turkumlangan va ularning o‘z hayotiy pozisiyalarida barqarorlashishi uchun ko‘maklashishga mul`tidissiplinar yondashuvni amalga oshiruvchi sub’ektlari bo‘lgan («ijtimoiy ish xodimi», «mahalla faollari», «profilaktika inspektorlari», «tibbiyot xodimlari», «psixolog» va «huquqshunoslar» hamda «volontyorlar») integrativ faoliyat yuritish usuli asoslangan;
etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni institusional muassasalarga joylashtirilishining muqobil turlari sifatida tan olingan oilalarga joylashtirish tizimini kengaytirish, shuningdek, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit va ta’sirchan tizim (ijtimoiy to‘lovlar, nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish vaqtida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli) yaratilishi orqali «ijtimoiy sug‘urtalash» tajribasi o‘rnatilishining ijtimoiy ahamiyati ochib berilgan;
jamiyat ijtimoiy tuzilmasida institusional muassasa bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot faoliyatini tashkil etish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan bolalar ehtiyojlari xaritasining tajribaviy modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda institusional muassasa bitiruvchilarini ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
institusional muassasa bitiruvchisini ijtimoiy himoyalash tizimi faoliyatini empirik o‘rganish asosida ularning tarkibiy komponentlari (bandligi, kasb tanlashi, ta’lim olishi, oilaviy hayotga tayyorlash, uy-joy bilan ta’minlanishi holati) hamda sub’ektlarining ijtimoiy qiyofasi (sotsial faolligi, mobilligi, ijtimoiylashuvi) bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining 2019 yil 3 yanvardagi 01-03/18-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasining V. Yoshlarga munosib mehnat shart-sharoitlarini yaratish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishining 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, 33-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 25 fevraldagi 04-13/780-son ma’lumotnomasi). Bu institusional muassasa bitiruvchilarining bazaviy ehtiyojlarini qondirish (uy-joy bilan ta’minlash, ish bilan ta’minlash, oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish) bilan bir qatorda, ularning individual iqtidori va salohiyatini aniqlab, rag‘batlantirish orqali ijtimoiy faolligini oshirish yo‘llarini aniqlash imkonini bergan;
ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni tizimli kuzatish orqali raqamlashtirib tadqiq etishda «Fokus-guruh dasturi» jamlanmasi afzalligi (fikrning takrorlanmas chastotasi, birlamchi taassurotning zudlik bilan izhor etilishi, sintetik yondashuvdan analitik yondashuvning ustuvorligi, maqsadga erishish yo‘llarini o‘lchash imkoniyatlari) bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur jamlanmasi «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 4 yanvardagi 3-sonli buyrug‘iga asosan «2018-2020 yillar davomida Yoshlarga oid davlat siyosati va barkamol rivojlangan avlodni shakllantirish» mavzusida amalga oshirilgan amaliy tadqiqot ishlarida qo‘llanilgan hamda tegishli ravishda Markaz faoliyatiga joriy etilgan. («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2020 yil 09 martdagi 01-16/93/1-son ma’lumotnomasi). Bu ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tizimli va samarali o‘rganish imkonini bergan;
institusional muassasa bitiruvchilarining postinstitusional adaptatsiya bosqichida jamiyatda muvaffaqiyatli integratsiyalashuvga to‘siq bo‘layotgan iqtisodiy-moliyaviy, ijtimoiy, maishiy-psixologik muammolari turkumlangan va ularning o‘z hayotiy pozisiyalarida barqarorlashishi uchun ko‘maklashishga mul`tidissiplinar yondashuvni amalga oshiruvchi sub’ektlari bo‘lgan («ijtimoiy ish xodimi», «mahalla faollari», «profilaktika inspektorlari», «tibbiyot xodimlari», «psixolog» va «huquqshunoslar» hamda «volontyorlar») integrativ faoliyat yuritish usuliga oid xulosalaridan, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «Mamlakatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning 4-bandi «Fuqarolar yig‘inlari xodimlari va yangi tarkibiy tuzilmalar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomlar loyihasini ishlab chiqish»da (2020 yil mart oyi), 23-bandi «Yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga manzilli ijtimoiy, huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish»da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 02-02/1233-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi Mehribonlik uylari bitiruvchilarini ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash, jamiyatga moslashish, o‘z oilaviy hayotini qurish mazkur yo‘nalishda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarning tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni institusional muassasalarga joylashtirilishining muqobil turlari sifatida tan olingan oilalarga joylashtirish tizimini kengaytirish, shuningdek, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud tizim (ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar, nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish vaqtida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli kabi to‘lovlar)ni qayta ko‘rib chiqish mazkur toifa vakillari uchun «ijtimoiy sug‘urtalash» tajribasi o‘rnatilishining ijtimoiy zarurati to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi so‘roviga (2019 yil 11 iyuldagi 24-14/1Z29-son xati) asosan tayyorlangan hisobotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2019 yil 27 dekabrdagi 01/379-son dalolatnomasi). Bu yoshlar siyosatini amalga oshirishda institusional muassasa bitiruvchilarini ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirishda, institusional muassasa bitiruvchilarining postinstitusional adaptatsiya bosqichida jamiyatda muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘layotgan ijtimoiy-psixologik, maishiy-moliyaviy muammolarni aniqlash, ularning keyingi hayotiy pozisiyalarini belgilab olishlarida ko‘maklashish va ijtimoiy og‘ishlardan himoyalashning mul`tidissiplinar jamoa faoliyatiga asoslangan samarali texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini bergan;
jamiyat ijtimoiy tuzilmasida institusional muassasa bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot faoliyatini tashkil etish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga yo‘naltirilgan bolalar ehtiyojlari xaritasining tajribaviy modelidan «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2018 yil 4 yanvardagi 3-sonli buyrug‘iga asosan PZ-20170922128. «2018-2020 yillar davomida Yoshlarga oid davlat siyosati va barkamol rivojlangan avlodni shakllantirish» mavzusida amalga oshirilgan amaliy tadqiqot ishi doirasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2020 yil 9 martdagi 01-16/93/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning qo‘llanilishi amaliy tadqiqotning institusional muassasalar bitiruvchilarini ijtimoiy himoya qilish jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan qismini boyitish imkonini bergan.