Azim Shuxrat Obid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Voyaga etmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishga qarshi kurashning jinoiy-huquqiy choralari», 12.00.08. – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu380.
Ilmiy rahbar: Yakubov Aleksandr Sanjarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmagan shaxslarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy choralarini takomillashtirishga qaratilgan aniq ilmiy xulosalar, taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmagan shaxslarning mehnat qilishga doir huquqlarini jinoyat-huquqiy vositalar orqali kafolatlashni kuchaytirish maqsadida qonun hujjatlarida ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin voyaga etmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash zarurati asoslangan;
JKning 127-moddasiga doir ishlarni yuritish doirasida mazkur toifadagi qilmishlarga to‘g‘ri (haqqoniy) baho berish va malakalash uchun 18 yoshga to‘lgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxslargina voyaga etmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi asoslangan;
jinoyat qonuni normalarining to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida sudlar tomonidan katta yoshdagi shaxsning jabrlanuvchining voyaga etmaganligiga nisbatan sub’ektiv munosabatini aniqlash, jumladan katta yoshdagi shaxs o‘zi g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilgan shaxsning voyaga etmaganligini bilmagan yoxud bilishi mumkin bo‘lmagan hollarda unga nisbatan jinoiy javobgarlikning istisno etilish amaliyotini qo‘llash lozimligi isbotlangan;
voyaga etmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishning ijtimoiy mohiyati va xavfi haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, unga doir ilmiy tushunchalarning bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida idoraviy hujjatlarda «notinch oila», «ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan oila» va «oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar» tushunchalarini aks ettirish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Voyaga etmagan shaxslarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishga qarshi kurashning jinoiy-huquqiy choralari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
qonun hujjatlarida ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin voyaga etmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 22 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-603-son qonunining 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2020 yil 13 fevraldagi 04/3-05-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi voyaga etmaganlarning mehnat qilish huquqini jinoyat-huquqiy vositalar yordamida kafolatlashni kuchaytirishga xizmat qilgan;
JKning 127-moddasiga doir ishlarni yuritish doirasida mazkur toifadagi qilmishlarga to‘g‘ri baho berish va malakalash uchun 18 yoshga to‘lgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxslargina voyaga etmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 15 sentyabrdagi «Voyaga etmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi 21-son qarori ettinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 12 fevraldagi 11-10-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi JK 127-moddasiga doir ishlarni kvalifikatsiya qilish amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jinoyat qonuni normalarining to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida sudlar tomonidan katta yoshdagi shaxsning jabrlanuvchining voyaga etmaganligiga nisbatan sub’ektiv munosabatini aniqlash, jumladan katta yoshdagi shaxs o‘zi g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilgan shaxsning voyaga etmaganligini bilmagan yoxud bilishi mumkin bo‘lmagan hollarda unga nisbatan jinoiy javobgarlikning istisno etilish amaliyotini qo‘llashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 15 sentyabrdagi «Voyaga etmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi 21-son qarori ettinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 12 fevraldagi 11-10-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi voyaga etmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilishning ijtimoiy mohiyati va xavfi haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, unga doir ilmiy tushunchalarning bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida idoraviy hujjatlarda «notinch oila», «ijtimoiy xavfli ahvolda bo‘lgan oila» va «oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar» tushunchalarini aks ettirish lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 12 iyuldagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi nizomning to‘rtinchi bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 12 maydagi 1272-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi voyaga etmaganlar g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarining barvaqt profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish