Sayt test rejimida ishlamoqda

Babaxanov Gulimbay Kutlibaevichning
doktorlik (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda burun to‘sig‘i qiyshiqligini tasdiklash va davolash», 14.00.04 – «Otorinolaringologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib189.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Saidakram Askarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya medisina instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar Nasirov Vadim Aliyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iz Respublikasi); Abdukadirov Abdusalom Abdukadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozoqiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori jag‘i tor bolalardagi burun to‘sig‘i qiyshiqligini tashhislashning hamda davolashning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
burun to‘sig‘i qiyshiqligi bilan birga kechuvchi yuqori jag‘ torayishlarining tarqalish darajasi o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
burun bo‘shlig‘ining normal va uning toraygan holatdagi o‘lchamlariga oid yangi telerentgenogrammometrik ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘ligi aniqlangan;
burun to‘sig‘i qiyshiqligi bilan birga uchraydigan yuqori jag‘ torayishlarida septoplastika bilan uyg‘unlashgan kristosuturotomiya jarrohligi ishlab chiqilgan va postoperatsion davolash taktikasi takomillashtirilgan;
burun to‘sig‘i qiyshiqligi bilan birga uchraydigan yuqori jag‘ torayishlarida, markaziy tanglay chokida bajariladigan suturotomiyaning matematik modeli yaratilgan;
rinomaksillyar kompleks taraqqiyotini normallashtirish, burun to‘sig‘i me’riy balandligini tiklash va burun to‘sig‘i hamda qattiq tanglayni ortodontik usulda pasaytirishga qarshilik qiluvchi “atipik vertikal biomexanik tortish kuchini” bartaraf qilish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Burun to‘sig‘i qiyshiqligi bilan birga kechuvchi yuqori jag‘ torayishlari mavjud bemorlarga patogenetik jihatdan asoslangan burun to‘sig‘ining endonazal xirurgik korreksiyasini ishlab chiqish, jarrohlikdan keyin, mazkur bolalar kontingenti hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Bolalarda yuqori jag‘ o‘sishi anomaliyalari bilan birgalikda kechuvchi burun to‘sig‘i qiyshiqliklarini telerentgenometrik o‘rganish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019 yil 16 dekabrdagi 8-n-r/608-son ma’lumotnomasi). Bu qo‘llanma diagnostika samaradorligini oshirishga imkon bergan;
“Bolalardagi yuqori jag‘ning rivojlanish nuqsonlari zaminida kechuvchi burun to‘sig‘i qiyshiqligini kompleks davolashda mutaxassislarning hamjihatlikdagi taktikasi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019 yil 16 dekabrdagi 8-n-r/608-son ma’lumotnomasi). Davolashda qo‘llanilgan ushbu tadbirlarni klinik amaliyotga tadbiq etish bemorlarni davolash davrining qiskarishiga va uning samarasini oshirishga imkon bergan.
“Bolalardagi burun septoplastikasiga taktik yondoshuvlarni takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yil 9 oktyabrdagi 8-n-r/350-son ma’lumotnomasi). Bu tavsiyanoma amalda diagnostika va davolash samaradorligini oshirish imkon bergan. 
Yuqori jag‘i tor bolalardagi burun to‘sig‘i qiyshiqligi nuqsonlarini tobora erta aniqlash; burundan nafas olish faoliyatining to‘liq tiklanishi va “og‘iz orqali surunkali nafas olish sindromini” bartaraf qilinishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘likni saqlash amaliyotiga, jumladan,  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi va Toshkent shahar 7-son ShKSh amaliyotiga joriy qilingan. Joriy qilingan natijalar bolalardagi burun to‘sig‘i qiyshiqligini tashxislash va davolash chora tadbirlari natijasida nogironlikni kamaytirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish